16:30 / 12.09.2020
9789
O‘zbekiston kompaniyalari qanday qilib o‘z bulutli infratuzilmasini yaratishi mumkin?

Datasite Technology kompaniyasi AWS va Selectel kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida ZOOM orqali onlayn muloqot tadbirini tashkil etmoqda. Bosh mavzu – bulutli texnologiyalar.

Nega tobora ko‘proq kompaniyalar AT-infratuzilmalarini bulutga o‘tkazmoqdalar? Bu kompaniyalarga qanday foyda beradi? Nega bulutli texnologiyalarni raqamli kelajakning muhim elementlaridan deb hisoblashyapti?

Dunyoga taniqli kompaniyalar mutaxassislari 30 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan onlayn tadbirda bulut texnologiyalarining afzalliklari haqida suhbatlashishadi.

Bulutli yechimlar dunyoni tezda egallab olmoqda. Bulutli texnologiyalarni kompaniya IT-tizimiga kiritish – uskunalar narxini pasaytirish, yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish, ma'lumotlarni ishonchli himoya qilish va xodimlar uchun ishni soddalashtirish imkonini beradi.

Dunyo miqyosida bulutli tizimlarning faol rivojlanishiga qaramay, o‘zbek bozori ularga endigina tayyor bo‘lib bormoqda.

30 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00da bulutli yechimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan DataSite Technology kompaniyasi biznes egalari va texnik mutaxassislar uchun bepul onlayn-tadbir o‘tkazadi. Tadbir davomida Amazon Web Services va Selectel kompaniyalari mutaxassislari bulutga o‘tishning afzalliklari, AT-infratuzilmalarni qayta qurish usullari haqida so‘z yuritishadi.

Shuningdek, ma'ruzachilar mahsulot va xizmatlarni bozorga olib chiqish tezligini oshirish, infratuzilma narxini pasaytirish va AT sohasidagi kompaniya resurslarini to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Ma'lumot uchun, DataSite Technology 15 yildan ortiq vaqtdan beri xalqaro bozorda ishlaydi va ikkita asosiy sherik – Amazon Web Services va Selectel bilan hamkorlik qiladi. Ushbu kompaniyalar ma'lumotlar markazlari, maxsus serverlar, turli xil tizimlarga asoslangan bulutli xizmatlar, shuningdek AT-infratuzilmani konsalting, integratsiya va boshqarish sohasidagi xizmatlari bilan dunyoga tanilgan.

Onlayn tadbirda ishtirok etish uchun ham biznes rahbarlari, ham texnik mutaxassislar taklif etiladi. Tadbir 30 sentabr kuni ZOOM platformasida bo‘lib o‘tadi va bir nechta ma'ruzalarni qamrab oladi, ekspertlar bulutli tizimlarning afzalliklari va bulutga integratsiya haqida texnik ma'lumotlarni almashadilar.

Onlayn tadbir, ayniqsa, startaplar uchun juda foydali bo‘ladi – dasturlardan birida mutaxassislar AWS startaplar uchun taqdim etadigan bepul resurslar bilan bo‘lishadilar, bu sizga bulutli texnologiyalar bilan tezda ish boshlashga imkon beradi. Bundan tashqari, har bir qatnashchi AWS`dan darhol foydalanish mumkin bo‘lgan bonusli vaucher oladi.

Onlayn tadbirga ro‘yxatdan o‘tish uchun kompaniya veb-saytida ariza to‘ldirishingiz va ikki kun ichida ishtirok etishingizni tasdiqlashingiz kerak.

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Facebook: datasite.technology

Instagram: datasite

Veb sayt: datasite.uz

Manzil: DataSite Technology, 100100, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Ehtirom-2 ko‘chasi, 8 uy.

Reklama huquqi asosida

Top