Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari viloyat DXX, IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Termiz tumanida nodir metallar, zaharli moddalar, davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiruvçi simob va simob birikmalarining noqonuniy aylanmasining oldini olişga qaratilgan tezkor tadbir ötkazdilar.

Tadbir davomida fuqaro Ş.B. 307 gramm “simob” zaharli moddasini şartli xaridorga 30 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.