
Kun.uz’ning Farğonadagi muxbiri Fayzullo Sultonov şaxmatçi qiz Gulruxbegim Tohirjonovaning otasi Alişer Möminov bilan boğlandi. Alişer Möminov ayni kunlarda betobligi sababli, davolaniş muolajasida ekanligi, qanday ma'lumot kerak bölsa telefon orqali berişi mumkinligini bildirdi.
Grossmeyster qizlarning otasidan internetdagi gap-sözlar qançalik darajada xaqiqatga yaqinligi söraldi.
«Bu qaror qizimning özidan çiqdi. U 21 yoşga töldi. Mustaqil fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qiladigan yoşga yetib keldi. Men ota sifatida uning qarorini qöllab-quvvatladim. Endilikda qizim [Gulruxbegim Tohirjonova] AQŞning Missuri universiteti jamoasi safida dona suradi va bundan keyin xalqaro musobaqalarda Amerika Qöşma Ştatlari şarafini himoya qiladi.
Bir narsani alohida ta'kidlamoqçiman, qizim fuqaroligini özgartirgani yöq. U — Özbekiston fuqarosi. Faqatgina şaxmat böyiça musobaqalarda Qöşma Ştatlar nomidan qatnaşadi», — dedi şaxmatçi qizning otasi Alişer Möminov.
Otasining aytişiça, Gulruxbegim Tohirjonova hozir Missuri universitetida tahsil olmoqda. Buning uçun unga barça şaroitlar yaratib berilgan.
«Amerika davlati qizimning olti oylik öqişi uçun 150 ming dollar mablağ ajratgan. Malakali murabbiylar bilan ta'minlangan. Uning musobaqalarga boriş xarajatlari ham töliq şu davlat tomonidan qoplanadi», — dedi A.Möminov.
Biz suhbatdoşimiz Alişer Möminovdan qolgan ikki qizi — Gulruxbegimning opalari Nafisa Möminova, Hulkar Tohirjonovaning kelgusidagi faoliyati xaqida ham söradik.

«Nafisa qizim ayni kunlarda Yevropada, şaxmat klublaridan birida öz faoliyatini davom ettirmoqda. Ular ham hozir Özbekiston terma jamoasi a'zolari emas. Özbekiston Şaxmat federatsiyasi Nafisani ham, Hulkarni ham terma jamoadan çiqarib taşlagan. Qizlarimdan biri tuğruq ta'tilidan söng terma jamoaga qaytmoqçi böldi. Biroq federatsiya bunga unamadi», — dedi Alişer Möminov.
Ota özi va qizlari Özbekiston sportidagi korrupsiya va taniş-bilişçilikdan bezib qolişganini ta'kidlab ötdi.












