O‘zbekiston | 10:52 / 11.03.2021
54297
2 daqiqa o‘qiladi

Yashirin kamera ko‘rsatgan reallik. Shifokorlar nega pulga retsept yozadi?

Kun.uz homiyligidagi SUBYEKTIV loyihasi farmkompaniyalar shifokorlarni «sotib olishi» muammosini o‘rgandi. Muallif «medpredstavitel» qiyofasiga kirib, shifokorlarga retsept uchun pul taklif qildi va buni yashirin kameraga yozib oldi. Xo‘sh, muammo ildizi qayerda?

Curishtiruvimiz doirasida ko‘plab shifokor va farmatsevtik firma vakillari bilan suhbatlashdik, lekin tanlagan mavzumiz qaltis va nozik bo‘lgani sababli ochiq intervyu berishga hech kim rozi bo‘lmadi. Shundan so‘ng shifokorlar bilan farmatsevtik firma vakili, ya'ni «medpredstavitel» qiyofasiga kirib gaplashishga qaror qildik, chunki bu – pulga retsept yozish holatlarini ochishning yagona yo‘li edi.

Alohida tayyorgarlik ko‘rib, Toshkent shahridagi 10 dan ortiq shifoxona va poliklinikalarda bo‘ldik, 20 ga yaqin shifokor bilan «medpredstavitel» qiyofasida gaplashib, retsept uchun pul mukofoti (bonus) taklif qildik va afsuski, bu kabi takliflarga oson uchadigan shifokorlar borligiga guvoh bo‘ldik. Shu bilan birga, taklifimizni rad etib quvontirgan shifokorlarni ham uchratdik.

Xo‘sh, nima sababdan shifokorlarni «sotib olish» mumkin bo‘lib qoldi? Shifokorlardan biri anonim qolish sharti bilan intervyu berishga va buning sabablarini aytib berishga rozi bo‘ldi.

Xullas, ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi.

SUBYEKTIV loyihamizni YouTube, Telegram va Instagram'da kuzatib boring. Ko‘rsatuvimiz yoqqan bo‘lsa, Like bosishni, video ostiga o‘z fikrlaringizni qoldirishingizni iltimos qilgan bo‘lardik. Bu orqali siz foydali videolarimiz ommalashishiga katta yordam bergan bo‘lasiz.

Jamshidxon Ziyoxonov,
SUBYEKTIV muallifi.

Tasvirchi – Muhammadjon G‘aniyev.

Mavzuga oid