Uchrashuv kun tartibi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning 2020 yil 12 oktyabrda bo‘lib o‘tgan 21-yig‘ilishi yakunida erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishi tahlil qilindi.

Iqtisodiy sheriklikni yuksaltirishga oid konstruktiv takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ikki mamlakat vazirliklari va idoralari sa'y-harakatlarini faollashtirishga kelishildi. Buning uchun yaqin kelajakda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida tegishli yo‘nalishlarda quyi komissiyalar yig‘ilishlari tashkil etiladi.

Tomonlar ikki davlat hududi orqali to‘siqsiz yuk tashishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, savdo aylanmasini ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish imkonini beradigan tarif va notarif tartibga solish usullarini birlashtirishning istiqbolli mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni davom ettirishga kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, qolaversa, yangi investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari ishlab chiqish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarning kengaytirilgan tarkibdagi muntazam muzokaralarini o‘tkazish amaliyotini tizimli ravishda davom ettirishga kelishib oldi.