Xitoy mamlakatdagi IT-gigantlari ustidan nazoratni kuchaytiradi
Xitoy prezidenti Si Tszinpin Xitoy Kommunistik partiyasi yig‘ilishida mamlakatdagi «platformali» kompaniyalar ustidan nazoratni kuchaytirish va kapitalning nazoratsiz ko‘payishi oldini olish talabini qo‘ydi.

Xitoy prezidenti Si Tszinpin Xitoy Kommunistik partiyasining moliyaviy maslahat va muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘plab ma'lumotlar va iqtisodiy qudratga ega bo‘lgan Internet-kompaniyalari ustidan nazoratni kuchaytirish, monopoliyalarga qarshi kurash va kapitalning nazoratsiz ko‘payishining oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
«Ba'zi platforma kompaniyalari nostandart tarzda rivojlanmoqda va bu xavfli. Bo‘shliqlarni o‘z vaqtida to‘ldirish uchun platforma iqtisodiyotini tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirishni tezlashtirish kerak», deya yig‘ilish bayonnomasidan parcha keltirgan Xitoyning CCTV telekanali.
Internet-kompaniyalar ma'lumotlar xavfsizligini yaxshilashlari va ularning moliyaviy faoliyati nazorat qiluvchi organlar nazorati ostida bo‘lishi kerak, deb ta'kidlagan telekanal.
Xitoy rahbarining keskin sharhlari eng yirik va kuchli xususiy korporatsiyalarning ta'sirini cheklash bo‘yicha harakatlarni kuchaytiradi. Hukumat Alibaba boshlig‘i Jyek Maga nisbatan cheklovlar bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Xitoy regulyatorlari Tencent Holdings moliyaviy korporatsiyasi rahbarlari Chjan Chjidun va Ma Xuatendan bank, sug‘urta va to‘lov xizmatlarini o‘z ichiga olgan moliyaviy xolding kompaniyasini yaratishni talab qilishi mumkin.
Ushbu yangilikdan keyin Tencent Holdings kapitallashuvi ikki kun ichida 65 milliard dollardan ko‘proqqa kamaygan.
Avvalroq, Xitoyning antimonopol kompaniyalari «Alibaba» kompaniyasiga rekord darajada 975 million dollar jarima tayinlashi mumkinligi ma'lum qilingandi. Bunga 2020 yil oxirida «Alibaba» rahbari Jyek Maning Xitoy moliya idoralari faoliyatini tanqid qilganligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bahor mavsumida qancha daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgani aytildi
O‘zbekiston | 10:28
-
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
Jahon | 10:26
-
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi va aldanib ko‘r bo‘lib qolgan ayol. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
Jamiyat | 09:41
-
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 09:40
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025