Vazirlar Mahkamasining “Hududlarni iqtisodiy rivojlantirişda investitsion loyihalarni amalga oşiruvçi guruh – “Loyihalar fabrikasi” markazini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, “Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Asaka” ATB, “Özsanoatqurilişbank” ATBning hududlarni iqtisodiy rivojlantiriş loyihalarini amalga oşiriş maqsadida – “Loyihalar fabrikasi” markazini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
“Loyihalar fabrikasi”ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- mintaqalararo işlab çiqariş zanjirlarini yaratişni hisobga olgan holda, ma'lum bir mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy, infratuzilma va inson salohiyatidan kelib çiqadigan loyiha takliflarini işlab çiqiş;
- biznes öziga xos xususiyatlarini, taşabbuskor moliyaviy tölov qobiliyatini hisobga olgan holda loyiha taşabbuskorlari bilan hamkorlikdagi loyiha takliflarini işlab çiqiş;
- dastlabki va yakuniy qarorlar, ruxsatnomalar va litsenziyalarni olişda investitsiya loyihalari taşabbuskorlariga hamrohlik qiliş va kömaklaşiş;
- Yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonasida joylaştiriş uçun yoşlar tadbirkorlik sub'yektlari loyiha-takliflari asosida loyiha biznes-rejasini işlab çiqişda amaliy yordam körsatiş;
- potensial loyihalarni har tomonlama tahlil qiliş va qaytarişlik, tölovlilik, tezkorlik tamoyillari asosida, şuningdek tegişli bozorlardagi marketing batafsil tahlil qilinganidan söng yozma hisobotni taklif qilingan biznes-ğoyalarni qarşi yoki qöllab-quvvatlovçi argumentlar bilan taqdim etiş;
- biznes ğoyasi ma'qullangan taqdirda zarur hujjatlar töplamini şakllantirişda doimiy yordam va maslahat beriş;
- banklar, individual va institutsional mahalliy hamda xorijiy investorlarni öz içiga olgan potensial moliyalaştiriş manbalarini rivojlantirişga kömaklaşiş;
- “Loyihalar fabrikasi” barça filiallari örtasida potensial loyihalar va investorlar yagona ma'lumotlar bazasini yaratiş;
- taşkilot xarajatlari töğrisida oylik hisobotlarni şakllantiriş va Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga taqdim etiş.
Belgilanişiça:
“Loyihalar fabrikasi” nodavlat notijorat taşkiloti şaklidagi yuridik şaxs hisoblanadi;









