Kun.uz muxbiri fabrikada iş boşlagan yoş konsultantlar bilan uçraşib, «Loyihalar fabrikasi» haqida ma'lumot töpladi.

«Loyihalar fabrikasi» nima özi?
 

Abdulvosid Minojiddinov, Loyihalar fabrikasi konsultanti:

«Loyihalar fabrikasi» Özbekistonda birinçi bor Farğonada iş boşladi. Fabrikani oçişdan asosiy maqsad – hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun içki imkoniyatlardan kelib çiqqan holda farğonaliklarni tadbirkorlikka köproq jalb qiliş. Biz şuningdek, ğoya egalariga öz ğoyalarini realizatsiya qiliş jarayonida duç keladigan turli jarayonlarda yordamlaşamiz.

Fabrikada tadbirkorlik loyihasiga ega yoşlarning fikrlari eşitiladi. Loyihalar bu yerda işlovçilar tomonidan hisob-kitob qilinadi va investorlar hamda tijorat banklariga tavsiya qilinadi.

Prezident Mirziyoyev fabrika haqida tayyorlagan taqdimotimizni kördi. Uning aytgan gaplari esa bizga katta va jiddiy motivatsiya berdi. Prezident bizga «kelajakda Özbekistonga kirib kelayotgan barça investitsiyalar hududlardagi şu kabi loyihalar fabrikasida örganişdan ötişi kerak», – dedi.

Kelgusida haqiqatan ham, Özbekistonning har bir tumani öz «Loyihalar fabrikasi»ga ega böladi. Bu fabrikada tayyorlangan loyihalar öşa tumanda tadbirkorlarni köpaytiriş, kirayotgan investor va investitsiyalarga xizmat qiladi.

Fabrikani uçta bank moliyalaştiradi

Muhammadxon Möydinov, Loyihalar fabrikasi konsultanti: