22 may kuni Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov «Toşkent 5 taşabbus» tadbirlari doirasida yoşlar bilan uçraşdi. Vazir ğoyalarni loyihaga aylantiruvçi «Loyihalar fabrikasi» haqida gapirdi. Uning ta'kidlaşiça, «Loyihalar fabrikasi» uçun mobil ilova yaratilmoqda, bu ğoyalar bevosita vazirning öziga yetib kelişiga yordam berişi mumkin.
«Hamma hududlarda «Loyihalar fabrikalari»ni tuzyapmiz. «Loyihalar fabrikasi» yoşlarning ğoyalarini loyihaga aylantiriş uçun texnik-iqtisodiy asos, biznes reja kabi masalalarda yordam beruvçi tizimdir. Hamma viloyatlarda tegişli banklar qaramoğida «Loyihalar fabrikalari»ni tuzyapmiz.
Bu tizim işlaşi uçun bizga nima kerak? Hozir tizimni pilot rejimida yölga qöydik, lekin 1 iyundan tölaqonli işlaydi. Maqsadimiz faqat yoşlar ittifoqi faollari, Toşkent yoki viloyat markazlaridagi yoşlar emas, Respublikaning 206ta tuman şaharlarining eng olis hududlaridagi har bitta yoşga imkoniyat berişdir. Har bir yoşning qandaydir ğoyasi bor, lekin uni qanday amalga oşiradi, qayerdan pul oladi? Hozirgi zamonda banklarga yaqinlaşib böladimi? Juda köpçilik qayerga murojaat qilişni ham bilmaydi. Bankka bordi, gaplaşdi, deylik. Kredit oliş uçun birinçidan, uning foizi katta böladi, ikkinçidan, garov qöyiş kerak. Yoşlarimizda garovga qöyadigan nimasi bor? Demak, yangi tizimga ehtiyoj paydo böldi.
Şuningdek, yangi elektron tizim qilyapmiz, har bir yoşda qayerda bölişidan qat'i nazar, bizga murojaat qilişga imkoniyati bölişi kerak. Buning uçun iloji boriça inson omilini çetga suramiz. Ya'ni smartfon orqali alohida mobil ilovaga kirib, eng qisqa ma'lumotlarini kiritadi: ism-familiya, qaysi hududdan va nima loyiha qilmoqçi. Tugmani bosişi bilan uning ğoyasi butun tizim böyiça mendan boşlab tegişli hududlardagi «Loyihalar fabrikasi»ga boradi. Har bir ğoya birinçi örinda, mening mobil telefonim va kompyuterimga keladi. Loyihani amalga oşirib, öz-özini qoplab ketadigan tizimni közda tutganmiz», – dedi vazir uçraşuvda.
Avvalroq, Özbekistonda «Loyihalar fabrikasi» markazi taşkil etilişi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uçun, «Loyihalar fabrikasi» nodavlat notijorat taşkiloti şaklidagi yuridik şaxs hisoblanadi. U öz faoliyatini mintaqaviy filiallarda, ya'ni Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar kesimida olib boradi. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini işlab çiqiş markazi «Loyihalar fabrikasi» bilan investitsiya loyihalarini işlab çiqişda va yoşlar biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça Yoşlar işlari agentligi hududiy boşqarmalari bilan hamkorlik qiladi.










