Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Putindan Ukraina bilan chegaradagi qo‘shinlarni kuchaytirmaslikni talab qildi
Merkel va Putin telefon orqali muloqotda, shuningdek, Navalniy, Suriya, Liviya hamda Bosniya va Hersegovina mavzularini muhokama qildi.
Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali qilgan muloqotida Donbassdagi nizo va boshqa mavzularni muhokama qildi. Bu haqda Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Ulrike Demmer ma'lum qildi.
«Shu bilan birga, Ukraina sharqida Rossiya qo‘shinlarining kuchaytirilishi suhbat mavzusi bo‘ldi. Kansler vaziyatni yumshatish uchun qo‘shinlarni kuchaytirishdan voz kechishni talab qildi», – dedi Demmer.
«Bundan tashqari, Suriya, Liviya hamda Bosniya va Hersegovina mavzusi muhokama qilindi. Shuningdek, Navalniy mavzusi ko‘tarildi», – dedi u.
O‘tgan haftada Ruslan Xomchak Rossiya bo‘lajak «G‘arb 2021» harbiy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik bahonasi ostida Ukraina bilan chegaraga – Bryansk va Voronej oblastlari hamda Qrimga qo‘shinlarini joylashtirayotganini aytgandi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya mamlakat hududi ichida qo‘shinlarini ko‘chirishga haqli, bu boshqa mamlakatlarga nisbatan tahdid uyg‘otmaydi».
Mavzuga oid
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026