31 mart kuni imzolangan qonun bilan, «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Endilikda veb-sayt egasi, jurnalist va blogerlar nafaqat özlari e'lon qilgan axborot, balki foydalanuvçilar tomonidan yozib qoldiriladigan izohlar uçun ham javobgar böladi.

Kun.uz qonunçilikka bu özgartiriş nima maqsadda kiritilgani, uning huquqiy oqibatlari haqida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya va AKT vazirliklari mas'ullaridan izoh oldi.

Şuhrat Ahmadov

Şuhrat Axmatov,
AOKA Axborot siyosati boşqarmasi boşliği:

— Avvalo, mazkur qonun loyihasi AOKA tomonidan işlab çiqilmaganini ta'kidlab ötmoqçiman. Qonunga kiritilgan özgartirişga köra, internet tarmoğidagi axborot resursidan quyidagi maqsadlarda foydalaniş taqiqlanadi:

  • Özbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zörlik bilan özgartirişga da'vat etiş;
  • ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga, şuningdek, belgilangan tartibni buzgan holda ötkaziladigan yiğilişlar, mitinglarda, köça yurişlarida va namoyişlarda iştirok etişga da'vat qiliş, şuningdek, mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlaştiriş;
  • jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvçi yolğon axborot tarqatiş;
  • uruş, zöravonlik va terrorizmni, şuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm ğoyalarini tarğib qiliş;
  • davlat sirlarini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi ma'lumotlarni oşkor etiş;
  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatuvçi, şuningdek, fuqarolarning şa'ni va qadr-qimmatiga yoki işçanlik obröyiga putur yetkazuvçi, ularning şaxsiy hayotiga aralaşişga yöl qöyuvçi axborotni tarqatiş;
  • jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvçi, şu jumladan, beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatiş;
  • giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni tarğib qiliş;