09:59 / 29.04.2021
7249
Bir guruh generallar «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

“Nuroniy” jamg‘armasi vasiylik kengashining qarori bilan turli sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan fuqarolar I, II va III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar orasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatining bir guruh vakillari ham bor. 

I darajali ko‘krak nishoni bilan quyidagilar taqdirlandi:

  • general-leytenant Tursinxon Xudoyberganov – favqulodda vaziyatlar vaziri v.b.;
  • general-polkovnik Qobil Berdiyev – Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i;
  • general-mayor Ravshan Haydarov – Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i;

II darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi:

  • general-leytenant Shavkat Normatov –  Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i.
Top