O‘zbekiston va Qatar o‘zaro aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniyning mamlakatga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston va Qatar hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Bitim O‘zbekiston nomidan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qatar nomidan ushbu davlat bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniy tomonidan imzolandi
Bitim havo qatnovini tashkil etish, aviakorxonalarni tayinlash, ularga parvozlarni amalga oshirish huquqini berish, belgilanadigan manzillarni aniqlash, sertifikat va litsenziyalarni tan olish, ikki davlatda tayinlangan aviakorxonalarning vakolatxonalari faoliyatini tartibga solish kabi masalalarni nazarda tutadi.
Hujjat qoidalariga ko‘ra, har bir tomonning belgilangan aviatashkilotlari ikkinchi davlat hududida kelishilgan manzillarda qo‘nishni amalga oshirish va ularning hududlaridan qo‘nmasdan uchib o‘tish uchun tegishli huquqlardan foydalanadi.
Bitimda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida aviatashkilotlarga doimiy qatnovlarni amalga oshirishni ta'minlovchi va bojxona yig‘imlari, soliq va boshqa to‘lovlardan ozod etuvchi imtiyozlar o‘zaro asosda taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, hujjatda aviatsiya sohasidagi xavfsizlik va ikki mamlakat aviatsiya tashkilotlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bahslarni hal etish me'yorlari hamda o‘zaro hamkorlik qilishning boshqa shartlari belgilab qo‘yilgan.
Ma'lumot uchun, joriy yil 6-7 aprel kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Qatarning fuqaro aviatsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat aviatsiya ma'muriyatlari vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi.
Mazkur muzokaralarda Qatar fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, O‘zbekiston transport vazirligi, «O‘zaviatsiya» agentligi hamda tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari - «Uzbekistan Airways» AJ va «Qatar Airways» aviakompaniyasi vakillari ishtirok etgandi.
O‘shanda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitim loyihasi bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazish, «Uzbekistan Airways» va «Qatar Airways» aviakompaniyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish va boshqa masalalar muhokama qilingan.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
-
Rossiya dronlari Mikolayiv va Sumiga hujum qildi
Jahon | 10:45
Mavzuga oid
20:38 / 13.01.2025
Qatar G‘azo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
18:46 / 10.01.2025
Yevropa Ittifoqi aviakompaniyalarga Rossiyaning beshta shahri ustidan parvoz qilmaslikni tavsiya etdi
19:27 / 07.01.2025
Turkiya va Qatar Suriyaga ikkita suzuvchi elektr stansiya yuboradi
21:05 / 22.12.2024