Iqtisodiyot | 18:00 / 17.06.2021
13027
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki oy ichida davlat xaridlariga doir 101 mlrd so‘mlik qonunbuzarliklar aniqlandi

2021 yil may-iyun oylarida o‘tkazilgan davlat xaridlarida budjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 101,5 mlrd. so‘mlik 324 ta tanlovda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunlarning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan masofaviy monitoring natijalarida aytilmoqda.

Davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilishi eng ko‘p Andijonda 20,0 mlrd. so‘mlik (51 ta), Toshkent shahrida 19,5 mlrd. so‘mlik (51 ta) va Samarqand viloyatida 12,8 mlrd. so‘mlik (52 ta) qayd etilgan.

Keyingi o‘rinlarda mos ravishda Jizzaxda 8,3 mlrd. so‘mlik (20 ta), Buxoroda 7,3 mlrd. so‘mlik (33 ta), Qashqadaryoda 7,2 mlrd. so‘mlik (20 ta), Surxondaryoda 7,9 mlrd. so‘mlik (30 ta), Xorazmda 5,3 mlrd. so‘mlik (18 ta), Navoiyda 5,2 mlrd. so‘mlik (16 ta), Namanganda 2,6 mlrd. so‘mlik (11 ta), Farg‘onada 2,0 mlrd. so‘mlik (10 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,4 mlrd. so‘mlik (11 ta) tanlovlar bo‘yicha qonunchilik talablari buzilgan.

Shuningdek, davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilgan tanlovlardan 72 tasi (24,6 mlrd.) tuman (shahar) hokimliklari, 71 tasi (20,9 mlrd.) Xalq ta'limi vazirligi, 61 tasi (17,9 mlrd.) Sog‘liqni saqlash vazirligi, 33 tasi (11,1 mlrd.) Maktabgacha ta'lim vazirligi, 24 tasi (7,9 mlrd.) Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, 9 tasi (3,6 mlrd.) Suv xo‘jaligi vazirligi va qolgan 54 tasi (15,5 mlrd.) boshqa vazirlik va idoralar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Aksilkorrupsiya agentligiga ko‘ra, monitoring yakunlari bo‘yicha budjet buyurtmachilari tomonidan e'lon qilingan ushbu 101,5 mlrd. so‘mlik 324 ta tanlovlarni bekor qilish haqida vazirlik va idoralarga 268 ta taqdimnoma kiritilgan.

Mavzuga oid