11:11 / 22.12.2021
8652

Saida Mirziyoyeva Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti forumida ishtirok etdi

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Foto: t.me/SShMirziyoyeva

«Bugun Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari Yetakchi ayollari Muloqoti forumi bo‘lib o‘tdi. Unda men ham ishtirok etdim», deb yozadi Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari.
 
Qayd etilishicha, forumda bugungi kunda mintaqa davlatlari oldida turgan vazifalar va muammolarga katta e’tibor qaratildi. Ularni hal etish uchun barcha resurslarni to‘liq safarbar etish zarur bo‘lgan vaqt kelgani qayd etildi. 

«Bunday asosiy resurslardan biri - kuchli, faol, aqlli va o‘qimishli ayollardir. Ammo xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda o‘z salohiyatini namoyon eta olishi uchun sharoit va teng imkoniyatlar yaratish zarur», deydi Saida Mirziyoyeva.

Foto: t.me/SShMirziyoyeva
Foto: t.me/SShMirziyoyeva

Ma’lumot uchun, joriy yilning avgust oyida Turkmanistonda Markaziy Osiyo yetakchi ayollarining muloqot forumi bo‘lib o‘tgandi.

Forumda O‘zbekistonda hukumatning yuqori pog‘onalarida ayollar ulushi darajasi 26,6 foizga yetgani, O‘zbekistonda davlat tuzilmalarida ishlash uchun 15 ming nafar yuqori malakali ayollardan iborat mustahkam kadrlar zaxirasi shakllantirilgani qayd etilgan.

Top