Sönggi yillarda Toşkent – Samarqand va Toşkent – Andijon pulli yöllari loyihasi qilindi va amaliy işlar boşlandi. Yaqinda Urganç – Xiva pulli yöli işga tuşadi, Toşkent – Çorvoq pulli yöl loyihasi ham tayyorlanmoqda. Yaqin 4-5 yilda Özbekistonda ming kilometrga yaqin pulli yöl paydo böladi. Xöş, Markaziy Osiyoning boşqa respublikalari va Rossiyada qanday pulli yöllar bor?

Tojikiston

Markaziy Osiyoda pulli yöllarni taşkil etgan ilk davlat Tojikiston hisoblanadi. 2010-yilda qöşni davlatdagi asosiy xalqaro yöl Duşanbe – Xöjand – Çanoq avtomagistralining birinçi qismi töliq ta’mirlanib, pulli yölga aylantiriladi. Hozir Tojikistonda 300 kilometrdan ortiq pulli yöl mavjud bölib, ular olti qismga bölinadi. Varzob tumanida joylaşgan yöl 2010-yil 1-apreldan boşlab pulli bölgandi.

Keyinçalik pulli yöllar uzaytirilib, avtomagistral böylab yana oltita qism qöşildi. Jumladan, 63 kilometrli Varzob, 41 kilometrli Guşari, 41 kilometrli Şahriston, 66 kilometrli Öratepa, 65 kilometrli Dehmoy va 60 kilometrli Çorux uçastkalari pulli yöllarga aylantiriladi.

Tojikistondagi pulli yöllar foydalanuvçilari tört toifaga bölingan va ular alohida tariflar bilan pul tölaydi:

* Birinçi toifaga yengil avtomobillar, mikroavtobuslar va 2 tonnagaça yuk kötariş quvvatiga ega maşinalar kirib, ular 300 kilometrdan ortiq yölni töliq bosib ötiş uçun 9 dollar (kartadan tölasa, 7 dollar) atrofida tölov qiladi.

* Ikkinçi toifaga mikroavtobuslar va ikki öqli örtaça yuk maşinalari kiritilgan va ular pulli yölning oxirigaça boriş uçun 20-22 dollar atrofida pul tölaydi.

* Uçinçi toifaga kiruvçi katta avtobuslar, uç öqli oğir yuk maşinalari uçun pulli yölni töliq kesib ötiş 50-51 dollarga tuşadi.

* Törtinçi toifaga tört va undan ortiq öqli öta oğir yuk maşinalari kiritilgan. Ular pulli yölning oxirigaça bosib ötiş uçun 62-64 dollar atrofida pul tölaydi.

Tojikistonda pulli yöllarning muqobili yöq. Şu sababli foydalanuvçilar pulli yöllar joylaşgan hududga kirganda faqat tölov qilib ötişi mumkin. Şuningdek, pulli yöllar böylab joylaşgan aholi punktlarida yaşovçilar öz hududida çegirmali tölovdan foydalanadi. Boşqa hududga ötmoqçi bölganda tölovni töliq amalga oşiradi.