Barçasi “Sevimli” telekanalida efirga uzatilgan “Sabriya” teleserialidagi axloqsiz sahna ortidan boşlandi. Bu sahna ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahs-munozaralarni keltirib çiqardi.

Holat yuzasidan Firdavs Abduxoliqovning özi va uning qizi Amira Raşidova (“Sevimli” boş prodyuseri) bir-biriga zid bayonotlar berişdi. Telekanal boş direktori va boş muharriri işdan böşatildi, serial namoyişi töxtatildi. Ammo şunga qaramay Firdavs Abduxoliqov bilan boğliq voqealar silsilasi davom etmoqda.

Qator lavozimlar bilan birga, Kinematografiya agentligining ham boş direktori hisoblangan Firdavs Abduxoliqov öz öğli, qizi va rafiqasiga tegişli “Sevimli” telekanaliga davlat buyurtmalarini bergani uçun ma’muriy sud kursisiga tortildi.

Bu voqealar fonida Firdavs Fridunoviç özi taşkil qilgan va oçilganidan buyon boşqarib kelgan Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA, maqolada rusça va ommabop qisqartmasi – NAESMI abbreviaturasidan foydalanamiz) raisligidan iste’fo berdi.

Katta ehtimol bilan bu tanqidlarga nişon böliş jarayonida ma’lum qurbonlar berişdir.

Xöş, bugun diqqat markaziga tuşgan Firdavs Abduxoliqov özi kim?

Mediaolam sari qadamlar

Abduxoliqov Firdavs Fridunoviç 1963 yilda Samarqand şahrida şifokor oilasida tuğilgan va ilk ma’lumoti böyiça filolog hisoblanadi. 1980-1985 yillarda SamDU filologiya fakultetini, 2001-2007 yillarda iqtisodiyot fakultetini bitirgan.

Ma’lum muddat yoşlarga oid taşkilotlarda işlab kelgan Firdavs Abduxoliqov 1989 yilda Özbekistondagi ilk nodavlat telekanal – STVga asos soladi