Davlat qarzi va banklarga qarshi. AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyaning birinchi qismini e’lon qildi
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden OAV vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida e’lon qildi.
Baydenning aytishicha, AQShning birlamchi sanksiyalari Rossiya davlat qarziga qaratilgan. Shuningdek, Rossiya harbiy tuzilmasiga xizmat ko‘rsatuvchi «Rospromsvyaz» harbiy banki ham sanksiyaga tushgan. Baydenning aytishicha, tez orada Rossiya siyosiy elitasiga qarshi sanksiyalar paketi ham e’lon qilinadi.
AQSh Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning bir uchini chiqardi. Unga ko‘ra, Rossiya siyosiy elitasi vakillarining farzandlari ham sanksiyaga tushgan. Xususan, Rossiya FXX raisi Aleksandr Bortnikovning o‘g‘li Denis Bortnikov, sobiq bosh vazir Mixail Fradkovning o‘g‘li Pyotr Fradkov, prezident administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenkoning o‘g‘li Vladimir Kiriyenko «qora ro‘yxat»ga tushgan.
Shuningdek, Rossiyaning «Promsvyazbank», «VEB» banki va ularga aloqasi bo‘lgan 42 ta shu’ba kompaniyalar sanksiyaga tushgan.
Jo Bayden matbuot anjumani davomida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganini aytdi: «Putin avval Rossiyaga tegishli bo‘lgan hududlarga, jumladan hozirda demokratiya gullab-yashnayotgan va NATO a’zosi bo‘lgan davlatlarga ham ochiqchasiga tahdid qilyapti. Biz Rossiya bilan qurolli to‘qnashuvga bormoqchi emasmiz. Qilayotgan barcha harakatlarimiz mudofaaga qaratilgan. NATOning har bir qarich yerini himoya qilamiz», dedi Bayden.
AQSh prezidenti Germaniya bilan «Shimoliy oqim-2»ni to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha ishlayotganini ta’kidladi. Bayden Ukrainaga moddiy va harbiy yordam davom ettirilishi, Zelenskiy bilan doimiy aloqada bo‘lib turganini aytdi.
Oldinroq Germaniya «Shimoliy oqim-2» gaz quvuri sertifikatsiyasini to‘xtatib qo‘ygandi. Bu esa Rossiya operatorni ishga tushira olmaydi degani.
Mavzuga oid
17:47
Kreml Rossiyaga migrantlar nima uchun kerakligini tushuntirdi
15:31
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
13:52
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
13:32