«Toshkent» xalqaro aeroporti terminaliga estakada bo‘ylab o‘tish qoidalari e’lon qilindi
Yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun «Toshkent» xalqaro aeroporti estakadasiga kirish erkin. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, taksilar, sayyohlik avtobuslari va chet el delegatsiyalarining transporti uchun estakadada harakatlanishga ruxsat etiladi.
Estakada bo‘ylab terminalga o‘tish qoidalari quyidagicha:
estakadaning o‘ng tomondagi chizig‘i sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun, chap tomondagi chizig‘i esa taksilar uchun mo‘ljallangan;
taksilar uchun estakadada yo‘lovchilarni olish/tushirish vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqadan oshmasligi kerak;
estakadaning o‘ng va chap chiziqlarini ajratib turadigan sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va jarima to‘lanishini nazarda tutadigan qoidabuzarlik hisoblanadi.
Estakadada bir vaqtning o‘zida 30 ta yengil avtomobil yoki turistik avtobuslarni hisobga olgan holda, 17 ta avtomobil joylashishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT
Jahon | 12:31
-
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi
Jamiyat | 12:10
-
Erdo‘g‘an Rossiya va Kiyevni sulh bo‘yicha muzokaralarga imkon berishga chaqirdi
Jahon | 11:51
-
Dam olish kunlari quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:34
Mavzuga oid

18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi

17:32 / 29.04.2025