24 fevral tongida, Moskva vaqti bilan soat 5:30da Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat telekanallari orqali murojaatida Ukrainada «maxsus harbiy amaliyot boşlangani»ni e’lon qildi. U Donetsk va Luhansk xalq respublikalari yordam söragani, «Kiyev rejimi tomonidan tahqirlaş va genotsidga uçragan odamlarni himoya qiliş» uçun harbiy harakatlar boşlaganini ma’lum qildi. Ukraina bölayotgan hodisalarni «bosqinçilik uruşi» deb atadi. AQŞ va Buyuk Britaniya Rossiyaning harakatlarini Ukrainaga hujum sifatida baholagan.

«Hurmatli örtoqlar»

«Men maxsus harbiy operatsiya ötkazişga qaror qildim. Uning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlaş va genotsidga uçragan odamlarni himoya qilişdir. Va buning uçun biz Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilişga intilamiz. Şuningdek, tinç aholiga, jumladan, Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga qarşi köplab qonli jinoyatlarni sodir etganlarni ham sudga tortiş maqsad qilingan», dedi u murojaati davomida.

Prezident Rossiyaning rejasi Ukraina hududini bosib oliş emasligini qayd etgan.

U Ukraina fuqarolariga murojaat qilgan.

«Bugungi voqealar Ukraina xalqi manfaatlariga tajovuz qiliş istagi bilan boğliq emas. Bizning harakatlarimiz - bizga qarşi tahdidlardan özimizni himoya qilişdir. Qançalik qiyin bölmasin, buni töğri tuşunişni sörayman», degan Putin.

U ukrain harbiy xizmatçilarini qurollarni topşirib, taslim bölişga çaqirgan.

«Ukrainalik harbiy xizmatçilarga ham murojaat qilişim kerak. Hurmatli örtoqlar, ota-bobolaringiz umumiy vatanimizni himoya qiliş yölida hozirgi millatçilar Ukrainani egallab olişi uçun jang qilmagan. Siz Ukraina xalqiga qasamyod qilgansiz, Ukrainani talab, xalqining ustidan kuladigan tödaga emas. [Bu tödaning] jinoiy buyruqlarini bajarmang.

Sizlarni tezda qurollarni taşlab, uyingizga qaytişni sörayman. Aytib qöyay, ehtimoliy qon tökilişi Ukraina hududida hukmronlik qilayotgan rejimning vijdoniga havola böladi», dedi Putin.

Prezidentning telemurojaati 27 daqiqa davom etgan, u NATO şarqqa qarab kengayişda davom etayotganini takrorlagan, SSSR qulaşi va dunyoda «kuçlar nisbati» buzilganini eslatgan, Ikkinçi jahon uruşi bilan parallellar keltirgan.

Har tomondan hujum