13:54 / 03.03.2022
4430
Shavkat Mirziyoyev To‘qayev bilan muloqotda xalqaro kun tartibidagi masalalar bo‘yicha fikr almashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat yetakchi korxonalarining, eng avvalo, savdo, energetika, mashinasozlik, kimyo, qurilish, tarmoqlari, transport va logistika sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq qo‘shma iqtisodiy loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surish borasida hukumatlar darajasida muntazam va samarali muloqotlar olib borilayotgani ijobiy baholandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

«Telefon orqali muloqot har doimgidek do‘stona va ishonch ruhida o‘tdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top