Xiva va Urganç şaharlarini özaro boğlaydigan Özbekistondagi ilk pulli yöl 2026 yil avgust oyida foydalanişga topşirilişi kutilyapti. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“Xivani Urganç şahri bilan boğlaydigan ilk pulli yöl qurilişini allaqaçon boşlaganmiz. Nasib bölsa, uni keyingi oyda foydalanişga topşiramiz. Bu nafaqat uşbu hudud aholisi uçun, balki xorijiy va mahalliy sayyohlar uçun ham muhim turizm infratuzilmasi sifatida xizmat qiladi”, dedi davlat rahbari 22 iyul kuni Toşkent–Samarqand pulli yöli qurilişiga start beriş marosimidagi nutqida.
Prezident Toşkent–Samarqand va Toşkent–Çorvoq pulli yöllari loyihalari hozir qaysi bosqiçda ekanini ham aytdi.
“Yana bir yirik loyiha: poytaxtni vodiy bilan boğlovçi Toşkent–Andijon pulli yöli böyiça ham xalqaro tender jarayonlari yakunlaniş arafasida.
Yurtimiz turizm jadal rivojlanib borayotgani uçun sölim Böstonliq tumanini Toşkent şahri bilan boğlovçi pulli yölni loyihalaş işlarini yakunlab, xususiy şerikni aniqlayapmiz. Bu böyiça ham tez orada amaliy işlarni boşlaymiz.
Umuman, bunday yirik yölquriliş loyihalarini Qaşqadaryo, Namangan, Buxoro, Surxondaryoda ham tez orada amalga oşiriş çoralarini köramiz”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.











