Ma’lumotlarga köra, 2021 yilda Özbekistonda 10 mingdan ortiq yöl-transport hodisasi rasman qayd etilgan, ularda 2 426 kişi halok bölgan. Bu kuniga 6 nafar inson YTH sabab vafot etayotganini körsatadi. Davlat rahbari tomonidan haydovçilik guvohnomalarining olinişidagi korrupsion holatlarni keskin qisqartiriş, buning uçun tizimni töliq raqamlaştiriş vazifasi topşirildi.
Şundan söng poytaxtning Yangihayot tumanida haydovçilik guvohnomasini oliş böyiça korrupsiyadan xoli, inson omilisiz, elektron tarzda nazariy va amaliy imtihonlar ötkazadigan Özbekistondagi ilk avtomatlaştirilgan kompleks iş boşladi.

Ötgan vaqt içida şu narsa imtihon topşirayotganlarning katta qismi öquv markazlarini tamomlab kelgan bölsalar-da nazariy hamda amaliy jihatdan yetarli bilim va könikmalarga ega emasligi ayon böldi. Imtihon topşirayotgan öquvçilarning aksariyati qiyinçilikka duç kelgan. Bu esa öz navbatida ularni qayta-qayta imtihon topşirişga majbur qilmoqda.
Şu munosabat bilan köpçilikning talab va istaklariga binoan Toşkent imtihon markazi haydovçilarni imtihonga tayyorlanişlari uçun maxsus ekspress-kurslarni taşkil qildi.
Kurslar 5 kun davom etadi va unda yöl harakati qoidalari böyiça asosiy bilimlarni özlaştirişga yordam beradi. Ekspress-kurslarda tayyorgarlik körişning 4 xil körinişi mavjud:

Amaliy maşğulotlar mexanik uzatmali Nexia 3 avtomobilida amalga oşiriladi. Nomzodlar barça maşğulotlarni imtihon topşiriş avtodromida bajarişadi.


Yöl harakati xavfsizligi barçamiz uçun muhim. Xavfsizlikka amal qilişni mukammal örganaylik!
Reklama huquqi asosida








