Joriy yilning 4 fevralidan to bugunga qadar Toşkent imtihon markaziga avtomaktablarni tugatib 2406 nafar odam kelgan. Bu haqda Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, şundan 347 nafarigina imtihonlardan öta olgan, qolgan 2059 nafari öta olmagan. 

«Hatto kompyuterda işlaşni bilmaydiganlar ham kelyapti. Juda köpçilik masalani oson yölini qidiryapti (örganib qolganda). Yana bu vaqtinçalik, ertaga yopilib ketadi bular degan gaplarni ham eşityapmiz», deya fikr bildirgan Komil Allamjonov öz Telegram kanalida.  

Allamjonovning bildirişiça, xodimlarga 100 dollardan 500 dollargaça pora bermoqçi bölganlar ham uçragan.

«100 dollardan 500 dollargaça xodimlarimizga pora bermoqçi bölganlar qança. Avval şunday bölgan. Endi korrupsiyaning (millionlar - dollarlarda) miqdorini tassavur qiling.

Markaz atrofida izğib yurib, ötgan ketgandan imtihonni hal qilib berişni sörayotganlar qança. Endi savol!? Nahotki öqib keliş şunçalik qiyin? Nahotki faqat pul bilan hal qiliş kerak imtihonni? Öqisangiz ertaga özingizga yaxşi-ku. Maşinada ertaga ota-onangiz, farzandlaringizni olib yurasiz. Rulda bilimli odam bölgani yaxşimi yoki qoidalarni bilmaydigan odam? Bu faqat foyda-ku. Biz hatto imtihonga tayyorlovçi ekspress kurslarni ham oçdik. Xohlasangiz şu yerda öqing. Baribir odam aralaşa olmaydi imtihonga, şunga işoning», deb yozadi u.

Ma’lumotlarga köra, 2021 yilda Özbekistonda 10 mingdan ortiq yöl-transport hodisasi rasman qayd etilgan, ularda 2 426 kişi halok bölgan. Bu kuniga 6 nafar inson YTH sabab vafot etayotganini körsatadi.

Davlat rahbari tomonidan haydovçilik guvohnomalarining olinişidagi korrupsion holatlarni keskin qisqartiriş, buning uçun tizimni töliq raqamlaştiriş vazifasi topşirildi.

Şundan söng poytaxtning Yangihayot tumanida haydovçilik guvohnomasini oliş böyiça korrupsiyadan xoli, inson omilisiz, elektron tarzda nazariy va amaliy imtihonlar ötkazadigan Özbekistondagi ilk avtomatlaştirilgan kompleks iş boşlagandi.

Toşkent imtihon markazi bölğusi haydovçilar uçun imtihonlarga tayyorlovçi maxsus ekspress-kurslarni ham yölga qöygan