Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyati bilan şuğullanayotgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Yangibozor tuman bölimi «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ, DXX va IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan. Tadbir davomida fuqaro U.Q. özining xonadonida özboşimçalik bilan hisoblagiçdan taşqari elektr tarmoğiga ulanib, 8 ta kompyuter örnatib, 372 kun davomida noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyatini yuritib kelgani aniqlangan. Buning natijasida u elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga 112,7 million söm zarar yetkazgan.
Şuningdek, mazkur tumanda yaşovçi yana bir fuqaro K.Q. özining xonadonida 25 ta kompyuter örnatib, 198 kun davomida noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyatini yuritib kelgani ma’lum bölgan. U özining faoliyati davomida elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga 122,4 million söm zarar yetkazgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq DXX Sirdaryoda noqonuniy mayning ferma faoliyat yuritayotganini aniqlagandi.








