Yangi tahrirdagi “Sud ekspertizasi töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi. Loyiha bilan amaldagi “Sud ekspertizasi töğrisida”gi qonunga bir qator yangi moddalar va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda.

Loyihada sud ekspertining kasb etikasi qoidalari, maxsus bilimlar, mutaxassis fikri, validatsiya, nodavlat sud-ekspertiza taşkiloti, xususiy sud eksperti, sud eksperti attestatsiyasi, sud-ekspertiza muassasalari (taşkilotlari) va sud ekspertlarining davlat reyestri hamda sud eksperti qasamyodi kabilar belgilanmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlarning malakali sud ekspertizasi xulosalariga bölgan ehtiyoji töliq qondirilişini ta’minlaş hamda sud ekspertizasi faoliyati yanada işonçliligini oşiriş maqsadida ilmiy faoliyat bilan şuğullanuvçi muassasa (taşkilot) öz faoliyat yönalişi böyiça ekspertlik faoliyatini amalga oşirişi hamda sud-ekspertlik faoliyatini amalga oşiruvçi boşqa taşkilotlar mutaxassislarining huquqiy maqomlari qonun bilan mustahkamlanmoqda.

Qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan davlat va nodavlat sud ekspertlariga nisbatan ta’sir çoralari qöllaşning aniq mezon va mexanizmlarini belgilaş, sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan boğliq holatlar adolatli va xolis körib çiqilişini ta’minlaş maqsadida davlat sud-ekspertiza muassasalari huzuridagi malaka komissiyasi hamda nodavlat sud-ekspertiza taşkilotlari sud ekspertlari va xususiy sud ekspertlari malaka komissiyalari taşkil etilişi nazarda tutilmoqda.

Kelgusida sud ekspertizasi sohasida manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelişi oldini olişni ta’minlaş maqsadida sud ekspertiga iş materiallari yuzasidan ekspertiza ötkazişga doir çeklovlar qayd etilmoqda.

Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligining sud-ekspertlik sohasini davlat tomonidan tartibga soliş sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda, nodavlat sud-ekspertiza taşkilotlari va xususiy ekspertlari birlaşmasini taşkil qilişga doir munosabatlar tartibga solinmoqda.

Qonun loyihasi bilan davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oşirilgan sud ekspertizasi xulosasi böyiça qöşimça va qayta sud ekspertizasi, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalari nodavlat sud-ekspertiza taşkiloti tomonidan ötkazilişi mumkinligi mustahkamlab qöyilmoqda.