Muzlatilgan 300 milliard dollar bemalol qoplanadi

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya neftiga embargo qöygani haftaning asosiy iqtisodiy yangiligi böldi. Ukrainaga bostirib kirgan Rossiyaga qarşi sanksiyalarning oltinçi paketi doirasida amalga oşirilgan uşbu çeklov atrofida muzokaralar bir haftaga çözilib ketdi. Şunday bölsa-da, neft embargosi qisman joriy qilindi: Rossiyadan dengiz orqali neft oliş töxtatiladi, ba’zi davlatlar esa quvurli ötkazgiçlardan rus neftini olişda davom etadi.

Embargo şu holatda qoladi deb öylaş kerak emas. Asosiysi, YeI davlatlari çeklov böyiça rasmiy qarorga kelişdi, u bosqiçma-bosqiç kengaytirib borilişi mumkin. Sanksiyalardan keyin Yevropa yaqin 6 oy içida Rossiya neftidan, 8 oyda esa Rossiyadan boradigan neft mahsulotlariga qaramlikdan qutulişi mumkin.

Embargo Rossiya Yevropaga eksport qilayotgan neftning uçdan ikki qismiga ta’sir qiladi. 2022 yil oxirigaça ittifoq Rossiyadan neft olişni 90 foizgaça kamaytirmoqçi. Iqtisodçilar bu çeklovni Yevropa uçun unçalik katta zarar bermaydi deb hisoblamoqda. Rossiya YeI embargosi bilan hisoblaganda ham 2022 yil neft va gazdan 285 milliard dollar işlaşi kutilmoqda. Bu esa 2021 yildagiga qaraganda ança köp degani. Boşqa xomaşyolarni ham sotişi hisobga olinsa, Rossiya sanksiyalar doirasida muzlatilgan 300 milliard dollarni bemalol töldira oladi.

Yevropalik siyosatçilar ular qöllayotgan çoralar yetarli emasligini bilib turişibdi. Şu bois, rus mahsulotlarining Rossiyaga qarşi sanksiyaga qöşilmagan davlatlarga ham eksport qilinişini çeklovçi çoralar izlanmoqda. Masalan, YeI Rossiya bayroği bilan suzayotgan kemalarni suğurtalaşdan boş tortmoqçi. Bu esa Rossiya atrofdagi boşqa davlatlarga ham dengiz orqali neft sota olmaydi deganidir. Bunday turdagi çeklov Rossiya neftini dunyoning istalgan suvli hududiga olib boruvçi yirik tankerlarga qarşi ham qöllanişi mumkin.

Şuningdek, Rossiya umuman kutmagan davlatlaridan ham zarbalar qabul qilib olişi mumkin. WSJ öz manbalariga asoslanib yozişiça, OPeK neft taşkilotiga a’zo ba’zi davlatlar Rossiyaning OPeK+ kelişuvidan çiqarişni muhokama qilmoqda. Naşr bilan gaplaşgan delegatning aytişiça, buning iqtisodiy sabablari ham bor. Bu davlatlar sanksiya sabab Rossiya neft qazib olişda muammolarga uçraşi mumkinligini taxmin qilmoqda. Oqibatda bozor kutilmagan holatlarga tez-tez uçraşi mumkin bölib qoladi.

Mojarlarga istisno

YeI «Döstlik» quvurli ötkazgiçidan neft olişni istisno tariqasida vaqtinça embargoga kiritmagan. Sanksiyalarning oltinçi paketiga jiddiy qarşilik körsatgan Vengriya uçun şunday istisno qilişdi. Vengriya öz ehtiyoji uçun asosiy neftni asosan mana şu ötkazgiç orqali oladi. Mamlakat neft importining 65 foiz uluşi esa aynan Rossiya hissasiga töğri keladi.