13 iyun kuni mutasaddilar ayvonni tösib turuvçi metal tösiqlarni tekşirgan. Tösiqdan polgaça bölgan masofa (çaqaloq şu oraliqdan tuşib ketgani aytilmoqda) işçi loyiha qirqimida 150 mm körsatilgan bölib, joyida ölçanganda 165-170 mm çiqqan. Loyihada tösiqning ostki qismi betondan yoki kafel yuzasidan ekani aniq körsatilmagan.
“Loyiha taşkiloti “Univer Pro Stile” MÇJ va pudratçi taşkilot “Agromir Buildings” MÇJning quriliş işlariga mas’ul mansabdor şaxslariga amaldagi qonunçilikda belgilangan çoralar körilişini bildiramiz”, – deyiladi Quriliş vazirligi axborotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq mazkur uylarda yaşovçi aholi vakillari Kun.uz bilan suhbatda bunday fojia röy berişidan qörqib kelişganini aytgandi. Fuqarolarga köra, ular bir neça marta balkonlar oldini yopişni taklif qilgan, biroq “NUR SHARQ TESS” boşqaruv taşkiloti bunga ruxsat bermagan: agar balkonlar oldi balandroq qilib yopilsa, fasad körinişini buzişi aytilgan.
“Bir neça marta murojaat qilişimizga qaramay, balkonlarni yopib berişmadi. Orqaga surişdi, natija fojia bilan tugadi. Qöşni uylarda yaşovçilar özlari balkonga balandroq qilib panjara örnatişgandi. Ikki-uç kunga qolmay oldirib taşlandi”, – deydi “domkom” Gavhar opa.
9 iyundagi fojia Qorasuvda bu kabi birinçi hodisa emasdi. Aholining aytişiça, bir yilça avval yuqori qavatdan tuşib ketgan ayol ham nobud bölgan. Bundan taşqari, 80-uyda ijarada yaşab kelgan oilaning farzandi uçinçi qavatdan tuşib ketib, joni omon qolgan. Şundan söng ular köçib ketişga majbur bölgan.

Quriliş vazirligi öz munosabatida mazkur uylarning qurilişi va tekşiruvlari böyiça xronologiyani keltirib ötgan.
Unga köra, “Agromir Buildings” MÇJ Samarqand viloyati quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan 2019 yil 30 martda röyxatdan ötgan. Samarqand şahar Quriliş boş boşqarmasi Arxitektura va şaharsozlik kengaşining 2019 yil 14 fevraldagi 302-sonli xulosasi bilan, “Univer Pro Stile” MÇJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilgan.
“Şaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Samarqand viloyati filiali 2019 yil 28 martda 459-2019 sonli işçi loyiha böyiça yiğma ekspert xulosasini bergan.












