Severodonetskdagi «Azot» sanoat korxonasida yaşiringan 500 dan ortiq tinç aholi vakilini uzluksiz artilleriya otişmalari tufayli endi evakuatsiya qiliş imkonsiz. Bu haqda Lugansk oblasti gubernatori Sergey Gayday 16 iyun, payşanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Uning sözlariga köra, zavodda 568 kişi, jumladan, 38 nafar bola yaşiringan. «Hozir u yerdan çiqişning iloji yöq. Aytmoqçimanki, bu jismonan mumkin, lekin doimiy öq otiş va janglar tufayli juda xavfli. Agar kimdir taşqariga çiqsa, uning öliş ehtimoli 99 foizga teng», - deydi Gayday. 

Rasmiylar zavoddan boşpana topgan tinç aholini ötgan oy, şaharga olib boruvçi asosiy köpriklar vayron bölişidan oldin çiqib ketişga köndirişga harakat qilgan, deydi u. Biroq, köpçilik öz joyida qoliş xavfsizroq deb bilgan.

«Ular ketişni istamadi. Negadir u yerni xavfsizroq deb öylaşdi. Oxirgi marta 21 may kuni, birinçi köprik vayron bölişidan bir-ikki kun oldin ularni evakuatsiya qilişni taklif qilgandik. Birinçi örinbosarim suhbatlaşgani kelgan. Afsuski, ular ketişni xohlamadi», - dedi Gayday. 

«Azot»da yaşiringan tinç aholi vakillarining oziq-ovqat zaxiralari hali bor, biroq ular ikki haftadan beri töldirilmagan, dedi Severodonetsk tumani harbiy ma’muriyati rahbari Roman Vlasenko CNN’ga. Unga köra, u yerdan boşpana topganlarning aksariyati kimyo zavodi işçilari, ularning oila a’zolari va mahalliy aholidir. «Ular boşidanoq öşa yerda yaşiringan. U yerda bombalardan haqiqiy boşpanalar bor», - deydi u. 

Zavod ostida tinç aholi vakillari va ukrainalik harbiylar yaşiringan bunkerlardagi vaziyat xavf tuğdirmoqda, dedi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi matbuot kotibi Saviano Abreu. «Suv va gigiyena vositalarining yetişmasligi katta taşviş uyğotmoqda. Bu bizni juda xavotirga solmoqda, çunki odamlar suvsiz uzoq yaşay olmaydi», dedi u. 

15 iyun kuni Rossiya tomoni «Azot»dan «LXR» nazoratidagi Svatovo şahri yönalişi böyiça gumanitar yölak oçilganini e’lon qildi. Yölak işga tuşganning birinçi kunidayoq Rossiya Ukraina hukumatini evakuatsiya jarayonini töxtatganlikda aybladi. 

«U yerda ma’lum oziq-ovqat va suv zaxiralari mavjud. Ayni paytda ommaviy evakuatsiya qilişning iloji yöq, ammo otişmalar orasidagi vaqt oraliğida biz «tinç evakuatsiya» deb atalmiş operatsiyani ötkazmoqdamiz. Severskiy Donets böylab uçta köprik ham vayron qilingan, ammo şaharni nazorat ostidagi hudud bilan boğlaş yöllari bor», — deya ma’lum qilgan Severodonetsk şahar harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Aleksandr Stryuk avvalroq.