Bundan 30 yil oldin Özbekiston milliy jamoasi Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida mezbonlarga qarşi maydonga tuşdi. Markaziy Osiyo Kubogi doirasidagi bahs milliy jamoamiz tarixidagi ilk xalqaro öyin edi. Oğir siyosiy-iqtisodiy vaziyat tufayli fuqarolar uruşi ostonasida turgan Tojikistonda bunday darajadagi bellaşuvning ötkazilişi katta tavakkalçilik, aqlbovar qilmas iş bölgan. «Qaltis vaziyatdagi debyut» öyini özbekistonliklar ustunligida ötdi, ammo muvaffaqiyatli yakunlanişiga 5 daqiqa yetmadi. 

Milliy jamoaning «tuğilişi» 

1991 yil 1 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilindi. Şu yili dekabr oyida sobiq SSSR tarkibiga kiruvçi respublikalar Mustaqil Davlatlar Hamdöstligini (MDH) tuziş haqida kelişuvni imzoladilar. Unga a’zo mamlakatlarning futbol federatsiyalari 1992 yilda klublar örtasida MDH çempionatini taşkil etiş ğoyasini ilgari surişdi. Turnirda Özbekistondan «Paxtakor», «Neftçi» va «Navbahor» klublari ham iştirok etişi rejalaştirilayotgan edi. Biroq, bu ğoya turli sabablarga köra hayotga tatbiq etilmay qoldi. 

1992 yil 31 yanvar kuni Özbekiston futbol federatsiyasi (ÖFF) ijroqömida Özbekiston milliy va olimpiya jamoalarini taşkil etiş, ularga murabbiylarni tayinlaş haqida qaror qabul qilindi. Demak uşbu sanani milliy jamoamiz tuğilgan sana deb bemalol aytiş mumkin. 

Markaziy Osiyo Kubogi ğoyasi 

MDH çempionati rejasi barbod bölgaç, Markaziy Osiyo davlatlari federatsiyalarida Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Turkmaniston klublari iştirokida çempionat ötkaziş ğoyasi tuğiladi. Ammo oğir iqtisodiy vaziyat tufayli uning ötkazilişi imonsiz deb topilgan. Şundan söng, ÖFF milliy va olimpiya jamoalari iştirokidagi turnir ğoyasini ilgari surgan, uni barça federatsiyalar qöllab-quvvatlagan. 

Jurnalist Sergey Gapiç sözlariga köra, federatsiyalar vakillari Qozoğistonning Şimkent şahrida musobaqa taqvimini tasdiqlaş uçun töplanişgan. Biroq, aviaçiptalar narxining keskin kötarilişi, moliyalaştiriş bilan boğliq muammolar tufayli ayrim federatsiyalarning bunday formatda iştirok eta olmasligi ayon bölgan. Şundan söng, faqat milliy jamoalar iştirokida, guruh bosqiçidan iborat, uy-safar öyinlari tizimida turnir ötkazişga kelişib olişgan. 

1 iyun kuni Markaziy Osiyo Kubogi start oldi va dastlabki öyinda Qozoğiston milliy jamoasi öz maydonida Turkmanistonni 1:0 hisobida mağlub etdi. 

Milliy jamoaning ilk öyini