Vaşington şahrida 19 iyun kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva AQŞ savdo vakili (USTR) örinbosari Kristofer Uilson bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar qildi.

Suhbat avvalida AQŞ tomoniga majburiy mehnatga qarşi kuraşiş, fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlaş va normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş sohasidagi işlar haqida ma’lumot berilgan. USTR vakili Özbekistonning majburiy mehnatga barham beriş borasidagi yutuqlarini yuqori baholab, Cotton Campaign koalitsiyasining paxta boykoti bekor qilinganiga töxtalib ötgan.

Uilsonning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişga qaratilgan sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşga sodiq. Şu munosabat bilan u Amerika tomoni Özbekistonning JSTga qöşilişi böyiça işçi guruhning 5-majlisida iştirok etişga tayyorligini bildirgan.

Bundan taşqari, savdo vakili örinbosari USTR Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ örtasidagi savdo va investitsiyalar böyiça doiraviy bitim (TIFA) doirasida umumiy ustuvor yönalişlarni qöllab-quvvatlaşda Özbekiston bilan hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan. Bu orqali mintaqa mamlakatlarining global yetkazib beriş zanjiriga integratsiyasini çuqurlaştiriş uçun asos yaratadi.

«Uilson, şuningdek, faoliyat xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça boşqa TIFA işçi guruhi tomonidan qöllab-quvvatlanişiga umid qilayotganini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida tomonlar köp qirrali savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş va kengaytirişdan manfaatdorligini bildirgan», — deyiladi xabarda.

Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi AQŞga rasmiy taşrifning ilk kunida mamlakat rasmiylari, jamoatçilik va işbilarmon doiralari vakillari bilan bir qator uçraşuv hamda muzokaralar ötkazgan. Jumladan, Senat raisi AQŞ davlat kotibi örinbosari bilan uçraşgan.