Uşbu voqea tafsilotlarini örganiş maqsadida Kun.uz jamoasi Qaşqadaryoga borib, qutqariş operatsiyasida qatnaşganlar, guvohlar va qutqarilgan bolakayning ota-onasi bilan suhbatlaşdi.

Çiroqçi tuman hokimi Nodir Erkayev qutqaruv operatsiyasi haqida qisqaça sözlab berdi. Gödakning bir oyoği tik va qöllari osmondan bölib, çuqurligi 25 metr, diametri 25 sm bölgan çuqurga tikka kirib ketgani, uni qutqariş uçun köplab texnikalar jalb qilinganini sözlab berdi.

Çiroqçi tumani hokimi Nodir Erkayev.

Qutqarilgan Doniyorbek zudlik bilan Çiroqçi tuman tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga keltirilgan. Bir borgan kuni u umumiy palataga ötkazilgan ekan. Biz palataga kirib kelganimizda bola osma ukol olayotgan va u çuqur uyquda edi. Uning otasidan voqea tafsilotlarini söradik.

Doniyorbek Jörayev.

Otasi Hasan Jörayevning hikoya qilib berişiça, 12 iyun yakşanba kuni tuşga yaqin hovlida beda örayotganida, yonida öynab turgan öğilçasi bexosdan quduqqa tuşib ketgan.

Doniyorbekning otasi Hasan Jörayev.

«Quduqni hamqişloqlar bilan suv çiqariş uçun qazigan edik. 130 metrgaça qazib borganimizdan söng suv çiqmagan, quduqni kömdim. Uning yuqoridagi ma’lum bir qismini keyinçalik yana bir urinib köriş uçun kömilmasdan qoldirgandim. Quduqning oğziga tunuka bilan berkitilib, toş bostirib qöygan edim. E’tiborsizlik qildim, bolam tuşib ketdi», — dedi Hasan Jörayev.

Tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Erkin Arziyev bolakayning hozirgi ahvoliga töxtalib, qutqariş operatsiyasida şaxsan özi ham qatnaşganini, ularning birdan bir vazifasi bola tirik qolişi uçun kuraşiş bölganini aytib berdi.

Çiroqçi tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Erkin Arziyev