«Bank «Rossiyskiy kredit»ning sobiq prezidenti, «Era» xayriya fondi asosçisi, milliarder Vitaliy Malkin Şveytsariyaning Credit Suisse bankini 500 million frank undiriş uçun sudga bermoqçi, deb yozadi Şveytsariyaning Sonntagszeitung gazetasi 19 iyun, yakşanba kuni.
Jurnalistlarning ma’lumotiga köra, Malkin özini bank vijdonsiz moliyaviy maslahatçisining harakatlari qurboni deb hisoblamoqda va yetkazilgan zararni qoplaşni talab qilmoqda. Monakoda yaşovçi rossiyalikning manfaatlarini AQŞdan kelgan yuridik firma vakillari himoya qiladi.
2018 yilda Credit Suisse bankning Leskodron familiyali moliyaviy maslahatçisi mijoz mablağlarini özlaştirgani uçun beş yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hukm çiqarilganidan ikki yil ötgaç, u öz joniga qasd qildi. Sonntagszeitung naşriga köra, Vitaliy Malkin uning mijozlaridan biri bölgan.
Vitaliy Malkin Gruziya hukumatining sobiq rahbari, oligarx Bidzina Ivanişvilining sobiq biznes şeriklaridan biridir. Yaqinda Bermud orollari sudi Ivanişvilini moliyaviy maslahatçining noqonuniy xatti-harakatlari qurboni sifatida Credit Suisse’dan million dollar tovon puli olişi kerakligi haqida qaror çiqardi. Biroq, bankning özi qarorga e’tiroz bildiriş niyati haqida e’lon qilgan.
2015 yildan beri bu borada olib borilgan barça tekşiruvlar maslahatçi bank içidan heç qanday yordamga ega bölmasdan, yolğiz özi harakat qilganini körsatdi, deb ma’lum qildi 19 iyun kuni Credit Suisse matbuot xizmati. U bu firibgarlikda bankning özi jabrlanuvçi ekanligini ta’kidladi.












