Jahon | 13:44 / 19.04.2023
7965
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Credit Suisse’ni natsistlarning hisobraqamlari tufayli tanqid qildi

Credit Suisse banki XXI asrda natsist jinoyatchilarning hisobraqamlariga xizmat ko‘rsatishda davom etgan, ulardan ba’zilarida – 2020 yilgacha, AQSh Senati tergovni davom ettirishga chaqirdi. 

Foto: AFP

Shveytsariyaning yirik Credit Suisse banki 2020 yilgacha natsist jinoyatchilarga aloqador hisobraqamlarga xizmat ko‘rsatishda davom etgan, deya ma’lum qildi AQSh Senati Budjet qo‘mitasi. 18 aprel, seshanba kuni Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni Vashingtonda e’lon qilingan tergovga ko‘ra, bankda Germaniyadagi natsistlarning yuqori martabali amaldorlari yoki Argentinadagi natsistlarga aloqador guruhlarning a’zolari bo‘lgan kamida 99 kishi hisobraqamlari bo‘lgan.

Shu bilan birga, Argentinadagi natsistlar bilan bog‘liq bo‘lgan 70 ta hisobraqam 1945 yildan keyin Credit Suisse’da ochilgan va ulardan kamida 14 tasiga 21-asrda, ba’zilariga esa 2020 yilgacha xizmat ko‘rsatilgan, deyiladi Senat qo‘mitasi bayonotida. 

Tergov mualliflari taniqli yuqori martabali natsistlarning 21 ta hisobraqamini aniqladi. Ulardan biri Nyurnberg sudida ayblov hukmi chiqarilgan natsistlar qo‘mondoni, yana biri - SS qo‘mondoniga tegishli bo‘lgan. Ushbu hisobraqamlardan biri 2002 yilgacha ochiq bo‘lgan, ammo bank undagi aktivlar, shuningdek, aniqlangan 85 ta boshqa hisobraqamlar to‘g‘risida haligacha ma’lumot bermagan. Bundan tashqari, Credit Suisse Nyurnbergda sudlangan va oqlangan nemis amaldoriga, shuningdek, Nyurnberg jarayoni davomida qamoqqa olingan natsist olimga tegishli hisobraqamni yuritgan. 

Senat bank tomonidan tergovga to‘sqinlik qilingani sababli tergov natijalari to‘liq emasligini qayd etdi. U AlixPartners konsalting kompaniyasi tomonidan huquq himoyachilarining ko‘plab murojaatlaridan so‘ng amalga oshirildi. Credit Suisse avvalroq ichki tergovni cheklab qo‘ygan, keyin esa natsistlarning taxminiy hisobraqamlari bo‘yicha tergovga rahbarlik qilgan mustaqil ombudsmanni ishdan bo‘shatgan edi. 

Mavzuga oid