10:45 / 21.06.2022
6619

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan ayrim fuqarolar 3 yil mol-mulk va yer solig‘ini to‘lamaydi

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya (QTE) texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish va iqtisodiyot energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. 

Foto: Kun.uz

Davlat soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2026 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Bildirilishicha, mamlakatda «yashil» energiyani rivojlantirishda quyidagi imtiyozlarni taqdim etish orqali soha tadbirkorlari uchun qulay soliq muhitini yaratish qo‘llab-quvvatlanmoqda:

yuridik shaxslar uchun:

  • QTE manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun QTE manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga mol-mulk solig‘idan ozod etiladi - Soliq kodeksi 414-modda;
  • qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar QTE manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko‘proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha ular ishga tushirilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga yer solig‘idan ozod etiladi - Soliq kodeksi 428-modda;

jismoniy shaxslar uchun:

  • energiya resurslari amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda QTE manbalaridan foydalanuvchi shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulkka QTE manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran 3 yil muddatga mol-mulk solig‘i solinmaydi - Soliq kodeksi 421-modda;
  • energiya resurslari amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda QTE manbalaridan foydalanuvchi shaxslar ushbu yerlar uchun QTE manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran 3 yil muddatga yer solig‘idan ozod etiladi - Soliq kodeksi 436-modda.
Top