Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan çegirmalar e’lon qildi. Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 9 iyuldan 12 iyulgaça amalga oşiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barça turdagi tariflariga 50 foizlik çegirma e’lon qilinadi.

2021 yil fevral oyi boşida prezident «Özbekistonda içki va ziyorat turizmini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzolagandi. Hujjatga köra, asosiy bayram kunlarida özbekistonliklar kamida uç kun dam oladi. 

Prezidentning joriy yil 30 apreldagi farmoniga muvofiq, davlat rahbarining 2022 yilda qöşimça dam oliş kunlarini belgilaş töğrisidagi farmoniga özgartirişlar kiritildi. 

Hujjatga köra, 11 iyul (duşanba) barça xodimlar uçun (iş haftasi turidan qat’i nazar) qöşimça işlanmaydigan kun sifatida belgilandi. 

Bundan taşqari, beş kunlik iş haftasiga ega bölgan xodimlarning dam oliş kuni 16 iyul, şanba kunidan 12 iyul, seşanba kuniga köçirildi. 

Olti kunlik iş haftasiga ega bölgan xodimlar uçun 12 iyul, seşanba kuni ham qöşimça işlanmaydigan kun sifatida belgilangan. 

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, Qurbon hayiti 2022 yil 9 iyulga töğri keladi. 

Şu tariqa, Özbekiston aholisi Qurbon hayitida quyidagi kunlarda dam oladi:

  • 2022 yil 9 iyul - şanba (dam oliş kuni - hali rasman tasdiqlanmagan); 
  • 2022 yil 10 iyul - yakşanba (taqvim böyiça dam oliş kuni);
  • 2022 yil 11 iyul - duşanba (qöşimça işlanmaydigan kun);
  • 2022 yil 12 iyul - seşanba (qöşimça işlanmaydigan kun/köçirilgan dam oliş kuni).