Liftda örnatilgan kuzatuv kameralaridagi videoyozuvlar Mirzo Uluğbek, Yunusobod, Sergeli, Çilonzor, Şayxontohur, Bektemir, Olmazor va Uçtepa tumanlaridagi köp qavatli xonadonlardan olingani aytilmoqda.

Hokimlik ma’lumotiga köra, 2016-2021-yillarda Toşkentdagi köp qavatli uylarga 206,8 milliard sömlik 1200 dan ortiq yangi liftlar örnatilgan. 2022 yilda 130,2 milliard söm hisobiga yana 548 ta yangi lift örnatilişi rejalaştirilgan.

«Bitta lift qurilmasining devor panellari – 4,2 million söm, lift içidagi tugmali panel – 3 million söm, liftning eşik mexanizmi esa – 3,6 million söm turadi. Bu qurilmalarning bir qismi xolos. Har bir yangi liftda örnatilgan kuzatuv kameralar orqali qoidabuzarlarning şaxsi aniqlanadi va unga nisbatan tegişli çoralar köriladi», – deyiladi Toşkent şahar hokimligi bayonotida.

Hokimlik agar huquqbuzar 16 yoşga tölmagan bölsa, jarima majburiy tartibda ota-onasiga yuklatilişini bildirdi.

Bundan taşqari, tartibbuzarlik qilgan şaxslar jarima tölaşdan taşqari, liftlarga yetkazilgan zararni ham qoplab berişi haqida ogohlantirildi. Xususan:

  • Lift içidagi tugmali panelni buzganlar – 3 million söm + jarima;
  • Lift eşigini buzganlar – 1,4 million söm + jarima;
  • Lift çaqiruv tugmasini buzganlar – 960 ming söm + jarima summasini tölaşlari kerak böladi.

Toşkent şahar hokimligi hammani liftlardan samarali va tartibli foydalanişga çaqirib, kuzatuv kameralari yozuvlari alohida nazoratga olinganini ta’kidladi.