Qayd etilişiça, joriy yilning ötgan 5 oyi davomida avtomobil yöllari foydalanuvçilaridan kelib tuşgan 67 ta murojaat joyiga çiqib örganildi.
31 ta murojaat böyiça aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tegişli körsatmalar berildi. Körsatma talablarini muddatida bartaraf etmagan 3 ta holat yuzasidan mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli çoralar qöllaş böyiça ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
7 ta holat böyiça 468 mln 69 ming sömlik sifatsiz bajarilgan quriliş-montaj işlarini hisobdan çiqariş böyiça buyurtmaçilarga talabnoma kiritildi. Bildirilişiça, şunça miqdordagi pul – işlar sifatsiz bajarilgani bois, tölab berilmaydi.
Qolgan murojaatlar böyiça ham tegişli qonuniy çoralar körilgan. Mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli çoralar qöllaş va keltirilgan zararni qoplaş böyiça Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 147-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, sud organlariga yuborildi.












