Luğat atoqli şarqşunos olim, akademik Ne’matullo Ibrohimov boşçiligidagi mualliflar guruhi tomonidan tuzilgan. 4 jilddan iborat uşbu luğat 100 mingdan ortiq söz va iborani öz içiga olgan.
Mazkur luğat arab tilining klassik davrdan to bugungi kun jonli şakligaça, aniq, tabiiy va insoniy ilmlardan tortib diniy manbalar asosida, adabiy til bilan bir qatorda turli şevalardagi körinişi haqida ma’lumot beradi.
“Al-Qomus” luğatining ahamiyati şundaki, u özbek xalqining ötmişi, ilm-fanidan madaniyatigaça, adabiyotidan san’atiga qadar foydalaniladigan sözlarning arab tilidan özbek tiliga tarjima luğati hisoblanadi. Çunki özbek xalqidan yetişib çiqqan taniqli şaxslarning aksariyati öz ijodini arab tilida taqdim etişgan.
Arabça-özbekça luğatni tayyorlaş ustida atoqli olim, akademik, filologiya fanlari doktori Ne’matullo Ibrohimov boşçiligidagi guruh 10 yildan ortiq iş olib bordi.
Taqdimotda yurtimizning atoqli şarqşunos, arabşunos, tilşunos, islomşunos, tarixçilari, akademiklar, fan doktorlari, professorlar iştirok etdilar. Taqdimotda sözga çiqqanlar luğatning ahamiyati, uning özbek ilm-fani tarixida misli körilmagan yutuq ekanini ta’kidladilar.

Luğatşunos olimlar professor A.Madvaliyev, professor M.Umarxöjayevlar luğat söz boyligining kattaligi, qamrovining kengligi, ilmiy atamalarning muvaffaqiyatli amalga oşirilganiga alohida e’tibor qaratdilar.
Şayx Abdulaziz Mansur, professor M.Imomnazarov, professor Q.Sodiqov va boşqalar sözga çiqib, bunga qadar juda köp luğatlardan foydalanganliklarini, lekin “al-Qomus”ga öxşagan mukammal luğat hali tuzilmaganligi, uning boşqa luğatlardan tubdan farq qiluvçi original ilmiy-ensiklopedik tadqiqot sifatida yuzaga kelganini e’tirof etdilar.

Taqdimotda sözga çiqqanlarning köpçiligi bir ovozdan akademik Ne’matullo Ibrohimov boşçiligidagi mualliflar guruhi tomonidan amalga tuzilgan “al-Qomus” luğati Özbekistonning yangi davr yuksalişi, uçinçi renessansi uçun tamal toşi vazifasini ötaşini ta’kidlab, luğat davlat mukofotiga loyiq fundamental tadqiqot ekanini qayd etişdi.











