Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:29 / 25.06.2022
12899
2 daqiqa o‘qiladi
Korxonada shtatlar qisqarganda ishda qolishda kimlar imtiyozli huquqqa ega ekani ma’lum qilindi
Korxonada xodimlar soni (shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.
Foto: Depositphotos
“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:
- qaramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga;
- oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;
- mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;
- ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida tegishli mutaxassislik bo‘yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarini tamomlagan shaxslarga o‘qishni tugatgandan so‘ng mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;
- mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
- urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
- atom obektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog‘liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo‘liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:45 / 07.04.2026
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi
08:54 / 14.03.2026
Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi
14:43 / 09.03.2026
O‘zbekiston sanoati: qaysi yo‘nalishlarda korxonalar ko‘proq?
12:36 / 19.02.2026