07:31 / 25.06.2022
21180
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari ko‘proq qaysi xorijiy tilni o‘rganayotgani ochiqlandi

O‘quvchilar maktabda ko‘proq qaysi xorijiy tillarni o‘rganayotgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili boshiga o‘quvchilarni o‘qitiladigan tillar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

  • rus tili – 643 ming nafar o‘quvchi;
  • qoraqalpoq tili – 126 ming nafar o‘quvchi;
  • tojik tili – 65 ming nafar o‘quvchi;
  • qozoq tili – 54 ming nafar o‘quvchi;
  • turkman tili – 11 ming nafar o‘quvchi;
  • qirg‘iz tili – 8,2 ming nafar o‘quvchi;
  • ingliz tili – 1,5 ming nafar o‘quvchi.

Bundan oldin O‘zbekistonda 2 nafar bolali oilalar soni eng ko‘p ulushni tashkil etishi ma’lum bo‘lgandi.

Top