Sergeli tumani Habibiy mahallasi 103-uy fuqarolari 4 yildan beri mana şu muammodan aziyat çekişadi. Hayotini xavfga solişni istamaganlar liftdan deyarli foydalanmaydi. Kun.uz muxbiri lift bilan boğliq holatni joyiga borib örgandi.

Mazkur yangi turar joy majmuasi 2019 yilda qurib bitkazilgan. Ammo u vaqtda lift hali örnatilmagan, uning örni karton qoğoz bilan yopib qöyilgandi.


«Oramizda yoş bolasi bilan köçib kelganlar ham bor edi. Şunaqa ahvolda 8 oyça yaşadik. 8 oy deganda boşqa yerdan yeçib olingan liftni olib kelib, örnatişdi. Şu lift ham 4 oy davomida bir işlab, bir işlamadi. Bir kun işlasa, 4 kun yana buzuq turardi.
Uni örnatgan tadbirkorning maxsus sertifikati bölmagan. Şuning uçun şirkat (XUJMŞ) ham uni qabul qilib olmagan. Tayinli foydalanilmadi, uzoq vaqt lifsiz yaşadik.
Keyin uni yeçib olib, biroz kiçraytirib qayta örnatişdi. Hozir eşigining sensori umuman işlamaydi, neça marta odamlar içida qamalib qoldi. Sakkizinçi qavatga çaqirib, tuşsangiz, gurs etib tuşib ketadi. Xalq qiynalib ketdi», deydi yaşovçilardan biri Şoira Ibragimova.


«Öğlim bir marta tuşib ketib, uyga qaltirab çiqdi. Bilsam, lift taşlab yuboribdi. Hozir yettinçi qavatda yaşaymiz, bolalarim zinadan terlab-pişib tuşib çiqadi.
Faqat sabr qilişimizni, liftga sertifikat olib, keyin hamma narsani töğrilab berişlarini aytişadi. Biz qaçongaça sabr qilişimiz mumkin? 4 yil kutdik, buning ham çegarasi bor. Bir aybdorni deb xalq qiynalişi kerak emas-ku.
Bu liftni tag-tugi bilan olib, bizga yangisini qöyib bersin!», deydi Dilnoza Hamroyeva.
Kun.uz lift örnatgan tadbirkor Alimardon Rahimov bilan ham boğlandi.










