Rossiya gazi bilan Yevropani «böğmoqda». YeI töliq blokada va çinakam qahraton qişga hozirlanmoqda
|14:26 / 26.06.202253 89412 min
Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berişni yana kamaytirdi va endi Yevropa Ittifoqida Rossiya «Gazprom»dan uruşdagi asosiy töqmoq sifatida foydalanayotgani borasida heç qanday şubha qolmadi. Yevropaliklar endi Rossiyaning «texnik sabab» sifatida keltirayotgan bahonalariga işonmayapti. Köhna qit’a Rossiya tomonidan gaz ta’minoti töliq uzib qöyilişiga tayyorgarlik körmoqda.
Foto: AFP
Dunyo 1970-yillardan buyon kuzatilayotgan eng yirik energetik inqirozni boşdan keçirayotgan bir vaqtda Yevropa davlatlari gazdan foydalanişni kamaytiriş böyiça keçiktirib bölmas qarorlar qabul qilişni boşladi. Kimdir öz ixtiyori bilan, kimdir majburlikdan. Yevropa kömirdan işlovçi elektr stansiyalarini qayta oçmoqda, yadro energetikasini rivojlantiriş ustida jiddiy boş qotirilmoqda.
Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berişni şundoğam asta-sekin kamaytirayotgandi, ammo uşbu haftada oxirgi 10 yillikdagi eng yomon körsatkiç qayd etilib, Rossiyadan Yevropaga kuniga 100 million kub metr gaz ötgan. Taqqoslaş uçun, bir oy avval «Gazprom» Yevropaga kuniga 250 million kub metr, 3 yil avval esa 500 million kub metr gaz sotgan.
Rossiya bu galgi yetkazib beriş hajmi kamayişini Turkiya orqali ötadigan ötkazgiçda nosozlik yuz bergani bilan izohladi. Bu nosozlik bir haftada tuzatilişi aytilgan, ammo iyulda Germaniyaga boradigan asosiy ötkazgiç – «Şimoliy oqim»da ham ta’mirlaş işlari amalga oşiriladi. «Gazprom» Ukraina orqali ötadigan uçinçi yönalişda ham gaz yetkazib berişni oşirmoqçi emas.
«Rossiya oxirgi vaqtlarda özini qanday tutayotgani inobatga olinsa, ular yaqin kelajakda ham turli sabablar bilan Yevropaga gaz yetkazib berişni kamaytirişi, hatto butkul töxtatib qöyişi ham mumkin», degan Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol.
Rossiya öz gazidan Yevropaga bosim ötkaziş uçun foydalanişi haqida birinçilardan bölib aynan Birol gapirgan, mutaxassis bu haqda Rossiya Ukrainaga bostirib kirişidan ham oldinroq aytgandi. Uning fikriça, endi Yevropa böyniga tiralgan gaz muammosi bilan yaşaşga tayyorlanişi kerak. Bunday holatda zaxiralarni qişgaça töldiriş imkonsiz. Şu sabab zaxira variantlari kerak. Xususan, kömir va atom stansiyalaridan olinadigan energiyani oşiriş masalasi. Hatto qayta tiklanuvçi energiya masalasida faol bölgan Yevrokomissiyadagi eng «yaşil» mansabdorlar ham bunga rozi.
«Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi Yevropa Ittifoqida favqulodda holatni keltirib çiqardi. Dunyo Putin administratsiyasi «Gazprom»ning yetkazib beriş hajmini özboşimçalik bilan qisqartirişiga qarşi çoralar körişi kerak. Ammo bu çoralarning barçasi vaqtinça», dedi Iqlim özgarişlari böyiça tarixiy Parij kelişuvi imzolanganda Yevrokomissiya delegatsiyasini boşqargan Elina Bardram bu haqda.
Mavzuga oid
Rossiya Yevropaga gaz yetkazib beriş kamayganini texnik sabablar bilan izohlab, dunyodagi energiya inqirozi va narxlar 4 baravar oşib ketganiga aloqasi yöqligini ta’kidlab keladi. Rossiyaning bayonotlariga köra, hammasiga Yevropa Ittifoqi amalga oşirgan energetik islohotlar va Rossiyaga qarşi kiritilgan sanksiyalar sabab. «Hammasini özlari qilişdi, endi aybdor izlaşmoqda», degandi ötgan hafta Putin Yevropada kuzatilayotgan energoinqiroz haqida.
Eng yaxşi hamkordan eng yomon duşmangaça
Putinning hukmronligi davridagi 20 yil davomida Yevropa Ittifoqi Rossiyadan gaz sotib olişni 1,5 baravarga oşirdi. Rossiya turli tomonlarga gaz sotiş uçun quvurli ötkazgiçlar qurişga ön milliardlab dollar sarfladi, lekin har qanaqasiga YeI eng yaxşi mijoz edi. Endi esa Yevropa bir neça oy içida Rossiyadan gaz olişni uçdan ikki qismga kamaytirmoqçi.
Rossiya uzoq yillar gaz sotiş biznesdan boşqa narsa emasligini aytib, «işonçli yetkazib beruvçi ekani» bilan maqtanib keldi. Rossiya öz vaqtida Ukraina va Belarus bilan gaz borasida tortişib qolgan, lekin aslo Yevropa bilan emas. Çunki bu Rossiya uçun eng boy bozor Yevropa hisoblanadi. Ötgan yilgaça şunday edi.
Yaqin yillargaça Yevropa Ittifoqi davlatlari ham rus gazini mamnuniyat bilan sotib olar, ammo gaz sotib olişni qisqartiriş borasida uzoq yillik rejalar tuzişni ham unutmasdi. Yevropa «Gazprom» bilan uzoq yillik şartnomalarni taqiqlaş orqali konsern bozordagi boşqa öyinçilar, ayniqsa AQŞ bilan raqobatga kirişişini istardi.
Yevropa nisbatan toza bölgan gazdan energiya oliş orqali özining «yaşil islohotlari»ni amalga oşirişni öylar, tezroq kömirli IESlarni, Germaniyada esa AESlarni yopişni öylay boşlaşgandi (uçtasi yopilgandi ham). Yaponiyadagi «Fukusima» atom elektr stansiyasida sodir bölgan avariya esa Yevropani AESdan tezroq voz keçiş, qayta tiklanuvçi energiyaga ötiş, quyoş, şamol va vodoroddan energiya oliş haqida köproq öylaşga undadi.
Ammo yuqoridagi islohotlar Putinning rejalariga kirmasdi. Rossiya prezidenti uzoq yillar Yevroittifoqdagi «aqllilar»ni tanqid qilib keldi, ötgan yil yozda kran oğzini biroz yopdi, kuzda esa sun’iy defitsit körinişidagi tomoşa körsatdi. «Gazprom» Yevropa uçun möljallangan quduqlaridan kamroq gaz qazib ola boşladi, faqat uzoq yillik şartnomalarni bajarişnigina zimmasiga oldi, oqibatda qişda narxlar rekord darajada osmonga çiqib ketdi.
Hozir esa narxlar yanada kötarilib ketgan, çunki qazib oliş kamaygan. Ammo natija kutilganidek emas, Yevropa özi uçun oğriqli bölsa-da, iqtisodiyotini «Gazprom»ga teskari qaragan holda rivojlantiriş rejasini sekinlaştirmadi, qaytanga tezlaştirdi. Çunki siyosiy vaziyat şunga majbur qildi.
BBC’ga köra, «Gazprom» ötgan yili yevropalik hamkorlari bilan birgalikda «Şimoliy oqim-2» ötkazgiçining ikkinçisini qurgani Rossiya gazdan Yevropani şantaj qiliş uçun foydalanişni közlaganidan dalolat. Endi esa 10 milliard dollardan ortiq pul sarflangan quvurlar Boltiq dengizi tubida bekor yotibdi. «Şimoliy oqim-2» bankrotlik e’lon qilgan, uning oçilişi qiyin masala.
Putinning Rossiyani rivojlantiriş rejalarida mamlakat mintaqadagi yetakçi energiya derjavasi sifatida körsatiladi. Yevropa davlatlarining 2050 yilgaça bölgan rejalarida uruşgaça ham rus energiya xomaşyolari importini asta-sekin kamaytiriş közda tutilgandi. Ukrainaga qarşi uruş esa YeI davlatlarining rejalarini tezlaştirib yubordi. Endi ittifoq davlatlari Rossiya gazidan 2027 yilgaça töliq voz keçmoqçi.
Putin esa hozirgi holatdan ğolib sifatida çiqib ketmoqçi. Uning fikriça, Yevropa Rossiyadan gaz, neft va kömir sotib olişda davom etadi.
Putin ötgan hafta Peterburgda ötkazilgan iqtisodiy forumda Yevropa davlatlari uçun demokratiya faqatgina körgazma ekani, u yerlarda elita oddiy xalqdan ajralib ketganini aytdi: «Yevropalik siyosatçilar öz davlatlari iqtisodiga özlari jiddiy zarba berib ulgurişdi. Haqiqatan, odamlarning muammolaridan bu qadar uzoqlaşiş, populizm va aybdor izlayveriş jiddiy iqtisodiy-siyosiy muammolarga olib kelib, oqibatda yaqin vaqtlarda elita almaşişiga yetaklaydi», degandi Rossiya prezidenti.
Yevropa töliq blokadaga qanday tayyorlanmoqda?
Bu borada Yevropa Ittifoqi davlatlarida variantlar köp emas. Ittifoq davlatlari nafaqat qişgaça, balki yaqin bir neça yil içida töliq rus gazidan voz keça olmaydi. Yevropalik va nemislar siyosatçilarning taxminiça, yaqin uç yil içida Yevropada energiya tanqisligi kuzatilaveradi.
Yaqingaça Yevropa gazning 40 foizini «Gazprom»dan olardi. Koronavirus inqirozi vaqtida bu körsatkiç 35 foizgaça qisqardi. Hozir esa 25 foizni taşkil etadi. Butun boşli çorak hissaning örnini esa boşqa kimdir gaz yetkazib beriş orqali töldira olmaydi. Yevropa vaziyatga moslaşib va turli qiyinçiliklarga ijodkorona yeçim topsa, eng asosiysi esa birgalikda harakat qilgan holda Rossiya gaziga bölgan ehtiyojni pasaytirişi mumkin. Aks holda qit’a qişda Rossiya tomonidan gaz uzib qöyilişiga tayyor bölolmaydi.
Yevropa davlatlari yerosti gaz zaxiralarini oktyabrda 80 foizga, noyabrda esa 90 foizga töldiriş orqali muammoning oldini olmoqçi. Hozirda zaxiralar 55 foizga tölgan. Ötgan yil şu vaqtda esa bundan ham kamroq edi, çunki «Gazprom» Yevropadagi zaxiralarni töldirmaslikka qaror qilgandi. Ammo hozirgi narx-navo va sodir bölayotgan voqealar fonida yevropaliklarning bu rejalari işlaşi qiyin.
Yevropa Ittifoqi davlatlari allaqaçon energiya inqiroziga qarşi çoralar haqida e’lon qilib böldi. Unda bozordagi narxlarga aralaşiş nazarda tutilmagan, faqat hukumatga, gaz tarqatuvçilarga energiyadan foydalaniş böyiça ba’zi özgarişlar qilişga imkon yaratadi. Masalan, Germaniyada öz ixtiyori bilan gazdan kamroq foydalanadigan kompaniyalarga davlat tomonidan pul beriladi. Bu çorani öziga xos öçiriş auksioni deb ataşmoqda.
Germaniya, Şvetsiya, Avstriya, Daniya va Niderlandiyada allaqaçon birinçi darajali energetik inqiroz xavfi e’lon qilingan. Italiya ham bu davlatlarga qöşilişni öylamoqda. Ammo haqiqiy muammo bunday xavfning ikkinçi va uçinçi darajasi e’lon qilinganda boşlanadi. Oxirgi bosqiçlarda narxlar maksimal oşişiga ruxsat beriladi, işlab çiqariş kompaniyalari keskin çeklangan miqdorda gaz olişni boşlaydi.
Bu çeklovlar esa koronavirus inqirozidan keyin tiklanişga ulgurmagan Yevropa iqtisodiyotiga jiddiy zarba beradi. Hukumat tadbirkorlikni subsidiyalar orqali qöllaşi mumkin, lekin bunda ham muammolar heç qayerga yöqolmaydi – tadbirkorlikda raqobat muhitiga putur yetib, işlab çiqaruvçilarda energiyani tejaş uçun stimul qolmaydi.
Oldindagi qiş qahraton bölişi tahdidi ostida iqlim muammosi ikkinçi planga çiqdi. Şu tufayli YeI kömir elektr stansiyalarini qayta oçdai. Foto: REUTERS
Energiya defitsitini yengillaştirişning yana bir yöli – qayta tiklanuvçi energiyadan foydalanişni oşiriş hisoblanadi. YeI davlatlari şu vaqtgaça ham kelajakda qayta tiklanuvçi energiya rerurslariga ötişni maqsad qilgan, ötiş davrida aynan gazdan foydalanişni közlagandi.
Hozir esa hammasi özgarib ketdi: Yeropadagi barça «yaşil» loyihalar çippakka çiqdi, davlatlar yana kömir IESlari, AESlar haqida öylay boşlaşdi, gazdan foydalaniş hajmi keskin oşdi. Oqibatda Yevropa Ittifoqi davlatlari energiya böyiça rejalarini qayta körib çiqişga majbur.
Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Avstriya köproq kömir yoqişni boşladi. Gretsiya yaqin ikki yil içida kömir qazib olişni oşirmoqçi, şuningdek, bir neçta gazda işlaydigan IESlarini dizelga ötkazmoqçi. Xalqaro energetika agentligi Yevropa davlatlarini AESlarni tiklaş haqida öylaşga çaqirmoqda. Ammo bu yerda ham Rossiyaga muqobil izlaşga töğri keladi: dunyodagi 6 foiz uran Rossiyadan çiqsa ham uni boyitişning 40 foiz uluşi Rossiya hissasiga töğri keladi.
1970-yillarda kuzatilgan energetik inqirozdan keyin dunyodagi boy davlatlar kengaş tuzadi. Uning vazifasi hozirgi kabi favqulodda holatlardan çiqiş böyiça maslahatlar berişdan iborat. Yaqinda kengaş tomonidan hisobotda şunday deyiladi: «Uruş boyitilgan uranni yetkazib berişdagi xilmaxillikning qançalik muhim ekanini körsatib qöydi. Xususan, bu sohaga investitsiya kiritiş ham muhim ekani körinib qoldi».
AESlarga qaytiş masalasi oson bölmaydi. Çunki Ğarbda bu sohaga deyarli pul tikmay qöyişgan, mavjud stansiyalar asta-sekin foydalanişdan çiqarilmoqda. Faqat Fransiyada AESlardan voz keçiş haqida öylaşmayapti, lekin u yerda ham oxirgi oylarda uzilişlar kuzatilmoqda. Hozirda Fransiyada mavjud bölgan AESlarning yarmigina işlamoqda.
Yevropa Ittifoqining eng kuçli davlati bölmiş Germaniya esa ötgan qişdayoq uçta AESni öçirişga ulgurgan. Qolgan uçtasi esa şu yil foydalanişdan çiqarilişi közlangan. Sodir bölayotgan voqealarga qaramay Germaniya AESlarni tiklamoqçi emas. Stansiyalar tegişli bölgan kompaniyalarning ma’lum qilişiça, AESlarni yana foydalaniş uçun tiklaş endi texnik jihatdan ham imkonsiz.