Shaxmat bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
25 iyun kuni shaxmat bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 880 million so‘m bo‘lgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” turnirining final bosqichi Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida joylashgan To‘dako‘l majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Foto: Yoshlar ishlari agentligi
Finalda 4 ta yo‘nalishning (havaskor ayol, havaskor erkak, professional ayol va professional erkak) har biri bo‘yicha g‘oliblar:
- 1-o‘rin 50 million so‘m;
- 2-o‘rin 30 million so‘m;
- 3-o‘rin 20 million so‘m;
- Respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi esa 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev turnirning final bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 50 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan yoshlar ro‘yxatini e’lon qildi.
- Javohir Bozorov — Toshkent shahri, Yangihayot tumani Olchazor mahallasidan. U havaskor erkak yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
- Madina To‘xtayeva — Buxoro viloyati, Buxoro tumani Navro‘z mahallasidan. U havaskor ayol yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
- Bobur Sattorov — Surxondaryo viloyati, Denov tumani Guliston mahallasidan. U professional erkak yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
- Maftuna Bobomurodova — Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani Al Farobiy mahallasidan. U professional ayol yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, mazkur turnir ilk marta mahalla, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkazilgan. Unda 327 878 nafar inson ro‘yxatdan o‘tib, har bir mahallalardan saralanib chiqqan. Yoshlar ishlari agentligi mazkur turnir orqali respublikaning barcha mahallalaridagi shaxmatchilarni qamrab olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko‘rish mumkinki, turnirning final bosqichida ishtirok etish uchun borgan imkoniyati cheklangan shaxmatchi yigit o‘z taassurotlari bilan bo‘lishgan.
Yoshlar ishlari agentligi matbuot hizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Dovyurak va fidoyi jurnalist eding
O‘zbekiston | 12:50 / 27.02.2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi? To‘rt asosiy savol va ularga javoblar
Jahon | 20:42 / 25.02.2025
“Videolarni montaj qilib tarqatishyapti” – YHXX rasmiysi «no photo» qonuni haqida
O‘zbekiston | 18:45 / 25.02.2025
Kim aybdor: o‘qituvchi yo o‘quvchi? | SUBYEKTIV
O‘zbekiston | 16:42 / 23.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin FSBdan xorijda nazoratni kuchaytirishni talab qildi
Jahon | 12:39
-
Tramp: Ukrainada tinchlik «tez orada o‘rnatiladi» yoki u «hech qachon» bo‘lmaydi
Jahon | 12:13
-
«Tramp Putindek fikrlamoqda»: liberal jahon tartibi tugadimi?
Jahon | 12:08
-
Velosport. 17 yoshli Samira Ismoilova – jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdi
Sport | 11:57
Mavzuga oid

11:56
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi

20:50 / 27.02.2025
Amaldorlar daraxtlarni kesayotganda yoshlarni daraxt ekishga ilhomlantirish mumkinmi? – mas’ullarning javobi

00:38 / 11.02.2025
Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi

11:59 / 11.01.2025