Poytaxtda aholi köpaygani sayin avtomobillar ham köpayib boryapti, natijada yöllarni kengaytiriş, rekonstruksiya qiliş, yölötkazgiçlar qurişga zör berilmoqda. Ha, mansabdorlar şunday öylaşadi. Aslida-çi?
Aslida şahar eng avvalo piyodalar uçun qulay bölişi, yengil avtomobillar uçun maksimal darajada noqulay bölişi lozim, toki odamlar maşinadan velosipedga ötsinlar, piyoda yursinlar yo jamoat transportidan foydalansinlar. Bu – zamonaviy tendensiya. Bu – ongli dunyo amalga oşirayotgan yönaliş. Bizda esa ahvol, yumşoq aytganda, yaxşi emas. Biz buni videolavhamizda körsatişga harakat qildik. Atigi 3-4 ta nuqta misolida.
Dastavval Bunyodkor şohköçasida, Xalqlar döstligi saroyi yonida tunnelga tuşaverişdagi holatga e’tibor qaratdik. Bu piyodalar ötiş joyidan ötib olişga urinayotgan bir neça piyoda misolida aksariyat haydovçilar piyodalarni umuman mensimasligi, ularga yöl bermasligi, piyodalar bir neça daqiqa ötiş joyi boşida turib, kimdir yöl berişini kutayotganini köriş mumkin.
Ayrim hollarda piyodalar ötiş yöliga yurib qöyib, hayotini xavf ostiga qöygan holda ötayotgani, bir “polosa”dagi maşina töxtaganida, keyingi polosadagi maşina töxtamay harakatlanayotgani va piyodani urib yuboriş ehtimoli juda yuqori ekanini köring.
Çilonzor metrosiga yaqin joydagi yana bir xavfli ötiş yölagida ham köplab YTHlar sodir böladi.
Çilonzor buyum bozori – xalq tilida bilan aytganda Ippodrom bozoriga ketaverişdagi piyodalar ötiş joyi esa dahşatning özginasi. Biz bu köçani kesib ötiş uçun ança vaqt sarflaşimizga töğri keldi. Sekundomer yoqib olib, hisoblab körişingiz mumkin.
Ana şunaqa. Mutasaddilar esa markaziy köçalarni avtomobillar uçun qulaylaştiriş bilan ovora. Piyodalar uçun maksimal darajada noqulaylaştirilgan şaharda yaşayapmiz. Afsuski, bizda şunday – avtomobil uçun ustuvorlik. Piyoda esa...
Raqamlar hammasini aytib turibdi. 2021 yilda respublika böylab YTHlar oqibatida salkam ikki yarim ming kişi ölgan. 2019 yil bilan soliştirganda, qurbonlar soni qariyb 370 kişiga köpaygan. Yana 9 mingdan ortiq odam esa jarohatlangan.
Açinarlisi, ertaga yana kimlar bu statistikani töldirişini heç kim aniq aytolmaydi. Muammo yeçimi, ya’ni odamlar hayotini saqlab qoliş uçun qilinayotgan işlar esa umuman yetarli emas.











