Uşbu forum Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan taşkil etildi. Tadbir qişloq xöjaligi sohasida mavjud köp tomonlama hamkorlikni baholaş va TDT a’zolari hamda kuzatuvçilar örtasidagi özaro hamkorlikning salohiyatli yönalişlari böyiça fikr almaşiş, texnik hamkorlikni yölga qöyiş, texnologiyalarni yetkaziş hamda qişloq xöjaligi mahsuldorligini oşiriş orqali oziq-ovqat xavfsizligini yaxşilaş böyiça mintaqaviy sa’y-harakatlarda sinergiyani kuçaytiriş, ösimlik mahsulotlari va dorivor ösimliklar işlab çiqariş sohasida hamjihatlikda işlaş imkoniyatlarini örganiş maqsadida ötkazildi.
Forumda Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar (Turkiya, Ozarboyjon, Qirğiziston, Qozoğiston, Özbekiston) qişloq xöjaligi vazirlari, kuzatuvçi davlatlarning (Vengriya va Turkmaniston) rasmiy vakillari, şuningdek, tegişli idoralar mutasaddilari, sohaga oid taşkilotlar va yetakçi kompaniyalar, xalqaro hamda mintaqaviy taşkilotlar vakillari qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoatini taraqqiy ettirişga qaratilgan nutqlari bilan qatnaşdi. Jumladan, Özbekiston Oziq-ovqat sanoati uyuşmasi raisi Bahodir Umirşayxov ham forumda çiqiş qilib, sohani rivojlantirişga qaratilgan quyidagi fikr-mulohaza hamda takliflarni bildirib ötdi:
— Biz Oziq-ovqat sanoati uyuşmasi sifatida turkiy davlatlarning tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik sanoatimizni izçil rivojlantirişda naqadar muhim örin tutişini öz tajribamizdan juda yaxşi bilamiz.
Tarixan, davlatlarimiz tadbirkorlari örtasida yaqin savdo aloqalari rivojlanib, texnologiyalar, malaka va sohadagi tajribalar özaro almaşinib kelinmoqda. Şu nuqtayi nazardan olib qaraydigan bölsak, Turkiy davlatlar taşkiloti faoliyati özaro mavjud hamkorlik va hamjihatlik aloqalarini yanada rivojlantirişga turtki beradi.
Hozirda uyuşmamizga a’zo bölgan korxonalar Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya korxonalari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Tahlil etadigan bölsak, Turkiy davlatlar bozori 150 milliondan ortiq iste’molçi, ulkan tabiiy resurslarga ega, ilmiy va texnologik yutuqlarga boy sanaladi. Aynan uşbu jihatlarni hisobga olib, Turkiy davlatlar taşkiloti faoliyatini hukumatlararo darajada qöllab-quvvatlaş ayni paytda muhim ahamiyatga egadir, desak adaşmaymiz.
Özbekistonda agrosanoat tarmoği Özbekiston Respublikasi iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biridir. Bu borada Özbekiston hukumati va davlat organlari tomonidan davlat-xususiy şerikçiligini rivojlantiriş böyiça köplab işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, turli dasturlarni işga tuşiriş, tadbirkorlarga subsidiyalar beriş va maxsus taşkil etilgan jamğarmalar hisobidan yangi loyihalarni moliyalaştiriş yöli bilan uşbu sohadagi xususiy sektorni hukumat har tomonlama qöllab-quvvatlamoqda.










