AQŞ Qoraqalpoğistonda sodir bölgan sönggi voqealar yuzasidan xavotir bildirdi va qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik izhor qildi.

"AQŞ Özbekistonda demokratik islohotlar amalga oşirişilişi tarafdori va davlatning bu boradagi harakatlarini quvvatlaymiz. Hukumatni fundamental huquqlarni, jumladan tinç yiğiliş va fikr bildiriş erkinligini himoya va hurmat qilişga undaymiz. Bular Özbekistonning xalqaro maydonda öz zimmasiga olgan majburiyatlari.

Qoraqalpoğistondagi huquqbuzarliklar, qonunbuzarliklar va zöravonliklar töliq, işonçli va şaffof tarzda taftiş qilinişi kerak. Tekşiruv va tergov xalqaro normalar asosida olib borilsin. 

Qöşma Ştatlar azaldan Özbekiston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlab keladi va şu pozitsiyada qat’iy", deyiladi AQŞ Davlat departamenti bayonotida.

Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays AQŞ tomoni yaqinlarini yöqotgan oilalarga ta’ziya bildirişi va jarohatlanganlarga hamdardligini bildirgan.