Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning izçil va barqaror rivojlanişidan manfaatdor bölmagan turli buzğunçi taşqi kuçlar ham mavjudligini qayd etdi.
«Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida yangi keskinlik öçoqlari paydo bölmoqda, millatlar va konfessiyalar örtasida qarama-qarşiliklar kuçaymoqda, radikalizm va ekstremizm xavfi tobora ortib bormoqda.
Mana şunday tahlikali şaroitda biz barqarorlik va xavfsizligimizga ziyon yetkazadigan har qanday tahdid va xatarlarga keskin qarşi turişimiz şart.
Ayni vaqtda şuni e’tirof etiş kerakki, mamlakatimizning izçil va barqaror rivojlanişidan manfaatdor bölmagan turli buzğunçi taşqi kuçlar ham mavjud.
Uşbu kuçlar tomonidan yurtimizdagi osoyişta vaziyatni izdan çiqariş, fuqarolarimizning işonçiga kirib, ularni töğri yöldan çalğitişga qaratilgan ğarazli maqsadlar amalga oşirildi va bunday urinişlar bundan keyin ham sodir bölişi mumkin», degan prezident.
Şavkat Mirziyoyev özbek xalqi bugungi barça qiyinçiliklarni albatta munosib ravişda, mardona yengib ötişiga işonç bildirdi.
«Xalqimizni qat’iy işontirib aytmoqçiman: davlatimiz, el-yurtimizga nisbatan duşmanlik kayfiyatida bölgan bunday kuçlarning har qanday yovuz fitna va harakatlariga öz vaqtida va keskin zarba berişga qodirmiz.
Işonçim komilki, biz bugungi barça qiyinçiliklarni albatta munosib ravişda, mardona yengib ötamiz. Çunki xalqimiz azal-azaldan özining donişmandligi, mardligi va matonati, döstlik va tinçliksevarlik fazilatlari bilan dunyoda obro‘-e’tibor va hurmat qozonib keladi.
Bunday ezgu qadriyatlar bizning qonimizga, ruhimizga yoşlik çoğimizdan boşlab çuqur singib ketgan. Va heç kim ularni bizdan tortib ololmaydi.
Bugungi kunda butun xalqimiz va jamoatçiligimiz yanada jipslaşib, barça darajadagi rahbarlar huşyorlik va ogohlikni keskin oşirib, yurtimizda tinçlik va barqarorlikni saqlaş, mamlakatimizni jadal rivojlantiriş, xalqimizning farovonligini ta’minlaş hamda odamlarni rozi qiliş borasida belgilab olgan vazifalarimizni amalga oşiriş uçun barça kuç-imkoniyat va resurslarni safarbar etişimiz şart», dedi davlat rahbari.













