27–29 iyun kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida Islom hamkorlik taşkilotiga a’zo mamlakatlar turizm vazirlari iştirokida Islom konferensiyasining XII sessiyasi ötkazildi.
Jumladan, unda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov boşçiligidagi delegatsiya ham iştirok etdi.
Konferensiya davomida Islom turizmini rivojlantiriş böyiça Strategik yöl xaritasi, turizm investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, pandemiyadan keyingi davrda sohani tiklaş, Islom madaniyati va merosini tarğib qiliş, sayyohlik körgazmalarini ötkaziş va şu kabi mavzular muhokama qilindi.
Özbekiston delegatsiyasi rahbari Aziz Abduhakimov Xiva şahrining sayyohlik salohiyati haqida söz yuritdi. Şu mavzuda taqdimot ötkazildi, videofilmlar namoyiş etildi.
Şuningdek, Xiva şahri 2024 yildagi Islom dunyosining turizm poytaxti deb e’lon qilindi. 2024 yilda Xiva şahrida Turizm vazirlarining XIII Islom konferensiyasini taşkil qiliş va har yili Özbekistonda «Islom olamida turizm haftaligi»ni ötkazişga kelişib olindi.
Bundan taşqari, IHT davlatlari örtasida turizmni rivojlantiriş böyiça rezolyutsiya ham qabul qilindi.












