Superliga 1-davrasi yakuniga yetgaç, «Paxtakor» klubi murabbiylar ştabida özgariş yuzaga keldi.
Klub rasmiy sayti xabariga köra, yarim yillik faoliyatidan keyin jamoa ustozi Slavçe Voyneski iste’foga çiqarilgan. Uning örnini kim egallaşi tez orada e’lon qilinişi aytilgan.
«Şimoliy makedoniyalik mutaxassis bilan «Paxtakor» örtasidagi şartnoma muddatidan oldin bekor qilindi. Klub va murabbiy örtasidagi bitim ikki tomon kelişuviga köra, bekor qilinişiga kelişib olindi.
Yangi boş murabbiy nomi tez kunlarda ma’lum qilinadi. Biz Voyneskiga jamoamizdagi faoliyati uçun minnatdorçilik bildirib, uning keyingi işlariga omad tilaymiz!», - deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uçun, «Paxtakor» Voyneski murabbiyligida joriy mavsum OÇLda guruhdan keyingi bosqiçga çiqa olmadi. Superligada esa 12 öyindan keyin 23 oçko bilan 3-örinda bormoqda.
Avvalroq, klub sport direktori Ja’far Irismetov hamda texnik direktor Sobir Hodiyev jamoa bilan xayrlaşgan edi. Ularning örniga Maksim Şatskix iş boşlagandi.












